Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
1. Ravish deb nimaga aytiladi?
2. Ravish yasovchi qo'shimchalar qaysilar? Ular ishtirokida ravishlar hosil qiling.
3. Holat ravishlariga misollar keltiring.
4. Payt ravishlari ishtirokida gaplar tuzing.
5. O'rin ravishlari haqida so'zlang.
6. Miqdor-daraja ravishlari deb nimaga aytiladi?
7. Tub va yasama ravishlarga misollar keltiring.
8. Ravishlarning gapdagi vazifasi to'g'risida so'zlab bering.
476-mashq. Tez aytishlarni ayting. Ularda ishlatilgan ravishlarni aniqlang va ma'no turini belgilang.
1. Hali Vali, Soli sholi o'rdi. 2. Oydin oyisidan oldin bordi. 3. Erkin ertagi ekin ekishni ertaga ertalab eplaydi. 4. Nor narvondan narida.
477-mashq. Boshqotirmaga yashiringan maqolni toping. Ravish ishtirok etgan yana qanday maqollarni bilasiz? Ularga misollar ayting.
1, 2, 3 — Oz so'zining zid ma'nolisi.
4, 5, 6 — Ilm olishga da'vat etuvchi fe'lning buyruq-istak
shakli.
7, 8, 9 — Sifatdosh yasovchi qo'shimcha.
10, 11, 12 — 1, 2, 3 tartibdagi so'zning takrori.
13, 14, 15 — Bilmoq fe'lining buyruq-istak maylidagi shakli.
16, 17 — Sifatdosh yasovchi qo'shimcha.
478-mashq. Gaplarni ko'chiring, ravishlarning tuzilishiga ko'ra turlarini va gapdagi vazifalarini aniqlang.
1. Archa hamisha ko'm-ko'k. Uning rangi hech o'zgarmaydi. Ko'm-ko'k, yam-yashil. (J. Razzoqov) 2. Qiz atrofga qarab turib birdan o'z uyining tomini ko'rib qolibdi. (Ertakdan) 3. Biz qurilishda kechgacha yurib zerikmadik. (Hakim Nazir) 4. Qizining chug'urlab biyron-biyron gapirayotganini ko'rgan Sabohat opa unga mamnun jilmayib qo'ydi. (Xayriddin Saloh) 5. Burro-burro so'zlayman, Kelajagim ko'zlayman. Istiqbolim, iqbolim — o'zbek tilim, o'z tilim. (Safo Ochil)
Dostları ilə paylaş: |