dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə70/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Berilgan fe'llar shakllarini tarkibiy qismlarga ajrating.
Kelgach, kelguncha, o'qib, o'qish, o'tirgan, qo'rqmas.
2- topshiriq. Yuqoridagi fe'llar ishtirokida gaplar tuzing. Fe'llarning gap tarkibida qanday bo'lak vazifasida kelayotganligini ayting.
BILIB OLING. Fe'llar gapda boshqa so'zlar bilan bog'lanib, kesim, ega, to’ldiruvchi, hol, aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe'l maxsus shakllarga ega bo'ladi. Turli gap bo'laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe'l shakllari fe'lning vazifa shakllari sanaladi.
Fe'llarning to'rt vazifa shakli mavjud: 1) sof fe'l shakli (o'qidi); 2) harakat nomi shakli (o'qimoq, o'qish); 3)sifatdosh shakli (o'qigan, oqar); 4) ravishdosh shakli (o'qib, kelgach).
125-mashq. Berilgan gaplardagi fe'llarning vazifa shaklini aniqlang va tushuntiring.
1. Alisher uyga kirishi bilan qolganlar jim bo'lishdi. (Oybek) 2. Azizim, qizingizning baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang. (Abdulla Qahhor) 3. Suv kelguncha, podani tepaga haydab chiqdi. Misoli suvga kalla qilganday o'zini soyga otdi. (Tog'ay Murod) 4. Tursunboy tizzasini ushlab zo'rg'a qadam bosardi. (Abdulla Qahhor) 5. Sidiqjon borishni ham, qaytishni ham bilmay qoldi. (Abdulla Qahhor)
126-mashq. Berilgan gaplardagi fe'llarning vazifa shakllarini toping, tahlil qiling.
Alisher Navoiy o'zbek xalqining ulug' shoiri va mutafakkiri bo'lib, u o'zbek adabiyotini, ayni zamonda, jahon adabiyotini ajoyib durdonalar, o'lmas badiiy obrazlar bilan boyitdi. Shoir o'z ijodiy faoliyati bilan XV asr o'zbek adabiyotini mislsiz taraqqiyot cho'qqilariga ko'tarib, uyg'onish davri deb atalayotgan bu davr madaniy va adabiy hayotida burilish yasadi. Zo'r jur'at va mahorat bilan insonparvarlik, xalqparvarlik, taraqqiyparvarlik g'oyalarini ilgari surib, xalqimizning nomini jahonga yoydi. Oradan qancha zamonlar o'tgach, uning nomini faxr bilan tilga olyapmiz. (Darslikdan)
1. Fe'lning vazifa shakllari deb nimaga aytiladi?
2. Fe'lning vazifa shakllari qaysilar?
3. Fe'lning vazifa shakllariga misollar ayting.
1-topshiriq. Berilgan fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating, qo'shimchalar ma'nosini aniqlang.
Yozmoq, yozish, yozuv; o'qimoq, o'qish, o'quv; olmoq, olish, oluv.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin