Dars tahlili pedagogik mahoratni oshirishning vositasi



Yüklə 448,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.09.2023
ölçüsü448,49 Kb.
#148419
1   2   3   4   5
dars-tahlili-pedagogik-mahoratni-oshirishning-vositasi-sifatida

Umumiy psixologik tahlil
, bunda o‘quv mashg‘uloti jarayoni natijasida quyidagi 
ruhiy holatlar orqali dars samaradorligiga erishish nazarda tutiladi: 
o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘zaro bir-birlarini tushunishi va qo‘llab 
quvvatlashi; 
ularning o‘zaro bir-birlarini idrok etishi, his qilishi, ruhiy holati va kechinma- larini 
hurmat qilishi; 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 
ǀ
ISSUE 2 
ǀ
2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 838
o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘quv mashg‘uloti jarayonida va o‘quv 
mashg‘ulotidan tashqarida o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan munosabatlari, kayfiyatlari va 
boshqalar. 
Dars tahlilining eng ta’sirchan shakllaridan biri-pedagoglarning o‘z darslarini 
o‘zlari tahlil qilishidir. Bunda darsni boshqa birov emas, aynan dars bergan 
o‘qituchining o‘zi, mashg‘ulotni o‘tib bo‘lgandan so‘ng fikran o‘tilgan dars bilan 
rejalashtirgan masalalarning yechilishini solishtiradi. Pedagog o‘z darsidagi 
kamchiliklarni bartaraf qilish, o‘z darsini qayta qrish maqsadida darsdan chiqqach, dars 
jarayoniin to‘la eslashga harakat qiladi. Bunda har bir dars bosqichida bajarilgan ishlar 
qo‘llanilgan usul va metodlarni tahlil qiladi va o‘zi yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni aniqlab, 
kelajakda ularga yo‘l qo‘ymaslik choralarini belgilaydi. O‘z darsini o‘zi tahlil qilganda 
avvalgi dars bilan hozirgi darsini solishtiradi. 
O‘qituvchi o‘z darsini o‘zi tahlil qilish davomida erishilgan yutuqlarni 
mustahkamlash va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik chora-tadbirlarini 
belgilaydi. Shu asosda o‘z shaxsiy tajribasini boshqalar bilan qiyoslash kabi usullardan 
ham foydalanadi. O‘quv yurtlari rahbarlari va pedagoglarining darslarga kirish va tahlil 
qilish tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ular pedagogik mahoratni oshirishning bu 
ta’sirchan shaklidan juda kam foydalanadilar. Xolbuki, mustaqillik sharoitida erkin
ozod, mustaqil fikrlovchi insonni tarbiyalash o‘z-o‘zini tahlil qilishga jiddiy e’tibor 
berishni taqozo qiladi. 
Buning metodologik asosi shundaki, mustaqillik inson omilining kuchayishida o‘z 
ifodasini topar ekan, insonning xohish-irodasi, o‘z faoliyatini o‘zi tashkil qilishi 
zaruratga aylanmoqda. Shuning uchun har bir pedagogning o‘z faoliyatini o‘zi 
takomillashtirishga intilishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z darsini o‘zi tahlil qilish esa 
bu muammoni yechishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib
bizlar pedagogning o‘z darsini o‘zi tahlil qilish tartibi (sxemasi)ni taklif qilamiz. 
Pedagogning o‘z darsini o‘zi tahlil qilishi murakkab ichki jarayon bo‘lib, u o‘z 
darsini qismba-qism o‘z taqrizidan o‘tkazadi. Buning zamon pedagogikasi, meiodika va 
ilg‘or tajribalarga javob berilganini aniqlash va shu jihatdan o‘z darsiga baho berishdir. 
Auto tahlilda pedagog quyidagi savollarga javob topishi kerak. 
1. 
Darsni rejalashtirganda o‘quvchilarning bilimining puxtaligi va ularning 
o‘quv imkoniyatlari hisobga olindimi? 
2. 
Hozirgi o‘tilgan mavzu ilgarigi mavzu bilan bog‘lanib, kelasi dars uchun 
zamin tayyorlanayaptimi? Dars bayon qilish usuli, nutq madaniyati masalalarga e’tibor 
berildimi? 
3. 
Darsning uchala didaktik (ta’limiy, tarbiyaviy, o‘quvchi shaxsini o‘stirish) 
maqsadi amalga oshiridimi? 
4. 
Darsning tuzilishi o‘quv materiallarinng mazmuniga mosligi, dars 
bosqichlarining yaxlitligi, vaqtdan unumli foydalanishdimi? 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 

Yüklə 448,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin