Dars ta’limni tashkil etish asosiy shakli


Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlarni o'qitish shakllari



Yüklə 80 Kb.
səhifə4/4
tarix04.07.2023
ölçüsü80 Kb.
#135674
1   2   3   4
Darsda o`quvchilar

Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlarni o'qitish shakllari. 
Reja :
Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish ning asosiy shakllari.


Tayanch tushunchalar: ma`ruza,seminar, amaliy ,laborotoriya, mustaqil ta`lim. 

Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish ning asosiy shakllari.
Pedagogik fanlarni o’qitish ning asosiy shakllarilariga quyidagilar kiradi:
1. Ma`ruza.
2. Seminar.
3. Amaliy
4. Laborotoriya
5. Mustaqil ta`lim.
Ma'ruza o’qish va uni o'tkazishga quyiladigan talablar
1. Ma'ruza va ma'ruzaning ahamiyati. Ma'ruza. «Ma'ruza» (lekciya) so'zi lotincha bo'lib, ruscha tarjimada «o'qitish» deyilgan.
Ma'ruza - bu, o’qituvchi tomonidan bilimni bayon etish. Ma'ruzada keng hajmli bilim monologik yo'l bilan bayon qilinadi. Qoidaga ko'ra, ma'ruza metodi yuqori sinflarda qo’llanadi. Ma'ruzaning mohiyati shundaki, u o’quvchilarning bilimni to'liq va tugallangan, mantiqan, o'zaro bog`liq holda o'zlashtirishiga yordam beradi.Hozirgi davr pedagogik tajribada ham, ma'ruza bahs metodi qullanilmoqda. Bu metod o’quvchilarning mustaqil fikrlash, o'z mulohazalarini isbotlash, asoslashni bilishlarida muhim omil bo'layapti. Zero, puhta tayyorgarlik bilan uyushtirilgan bahs o'kuvchilarning ta'lim va tarbiyada muammoni chuqur tushunish yo'llarini, unga nisbatan bo'lgan o'z fikr-mulohazalarini himoya qilishni, boshqalar fikri bilan hisoblashish odobini egallashlarida alohida ahamiyatga ega.
Ma'ruza metodida ko'zlangan asosiy maqsad - o’quvchilarda bilimni mustaqil egallash qobiliyatini hosil qilishdir.Ma'ruza yangi bilimni o'tishda uning qism larini umumlashtirishda, murakkab qonun-qoidalarni yakunlashda, muammoli masalalarni o'rganishda, o’quv fanlari o'rtasidagi o'zaro alohani o'rganishda qo’llaniladi.
Ma'ruzaning mazmunli, samarali bo'lishi uchun:
- aniq , o'ylab tuzilgan rejani o’quvchilarga tanishtirish;
- rejaning harbir qism i bo'yicha berilgan ma'lumotni yakunlash;
- bayon o’quvchilarga tushunarli va ko'rgazmali, yorqin bo'lishi;
- bayon o’quvchilarda muhim o'rinlarni bilib olishga qiziqish uyg`otadigan bo'lishi kerak.
Ma'ruzani shunday o’qish lozimki, buning ta'sirida tinglovchilarda shu fanga uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e'tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi darkor shunday ekan, o’qituvchi ma'ruza o’qish jarayonida tinglovchilarning tarkibini hisobga olgan holda, uning ilmiy tomoniga alohida e'tibor berishi va tinglovchilarning qiziqishi va intilishlariga quloq solishi lozim.
O'qilayotgan ma'ruzalarning tarbiyaviy ta'sirining ya'nada yuksak bo'lishi o’qituvchining yoshlar oldidagi obro'siga, shahsiy sifatlariga, ilmiy iste'dodiga, ta'lim sohasidagi tajribasi, mahoratiga va tinglovchilar bilan o'rnatilgan do'stona munosabatlariga bog`liqdir.
Bundan tashqari dars va ma'ruzaning samarali natijasi o’quvchi va tinglovchilarning o’quv jarayondagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog`liq. Shunday ekan, ta'limni samarali tashkil etish, uning dars, ma'ruza va boshqa shakllaridan o’qitish jarayonida o'rinli foydalanishlari uchun shubhasiz, o’qituvchining pedagogik mahorati, pedagoglik madaniyati, o'z predmetini puhta bilishligi va o’quvchi tinglovchilar bilan umumiy til topa olishligi g`oyat katta ahamiyatga egadir.
2. Ma'ruza va ma'ruzachiga quyiladigan pedagogik talablar. Ma'ruzani muvaffaqiyatli o'qish, ma'ruzani ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini tadbiq etish, ko'p jihatdan ma'ruzachi va tinglovchilar auditoriyasi o'rtasidagi muloqatga bog`liq bo'ladi.
Ma'ruzachi va tinglovchilar o'rtasidagi muloqatni yuzaga keltirish uchun uchta guruh shartlari mavjuddir.
Birinchi guruh sharti ma'ruza mazmuni va tuzilishiga bog`liq bo'ladi. Bularga quyidagilar kiradi.
Ma'ruzalarga ularni o'tkazishga qat'iy talablar quyiladi:
1. Ma'ruzani mazmuni va tuzilishi aniq ishlab chiqilgan bo'lishi kerak.
2. Ma'ruza aniq reja asosida tashkil etilishi.
3. Ma'ruza ilmiy faktlar va ma'lum otlarga boy bo'lishi kerak.
4. Ma'ruzada fan-tehnikaning eng so'nggi yangiliklari yoritilishi zarur.
5. Ma'ruza uchun materiallar chu?ur o'rganilgan holda tanlanishi kerak.
6. Ma'ruza mazmuni asosiy tushunchalarni yoritishga qaratilgan bo'lishi kerak.
7. Ma'ruzada ilmiy adabiyotlar ta?lili, o'tilayotgan mavzuni darslikda yoritilishiga ob'ektiv baho berish zarur.
Ikkinchi guruh shartlari ma'ruzachini sifatlariga qaratilgan talablardir:
1. Ma'ruzachi aniq g`oyaviy va ilmiy bilimlarga ega bo'lishi.
2. Ma'ruzachi umumiy va ilmiy, intellektual salohiyatga ega bo'lishi kerak.
3. Ma'ruzachi ma'ruzadagi ma'lumotlarni erkin holda o'zlashtirgan bo'lishi zarur.
4. Ma'ruzachi o'z predmetini chuqur bilishi va ilmiy ihodga qiziquvgan bo'lishi zarur.
5. Ma'ruzachida lektorlik mahorati, bilim va malakalar uzviyligi, bog`liqligi (o’quvchi tinglovchilar diqqatini o'ziga jalb etish, tinglovchilarni fikrlash faoliyatlarni yo'lga solish va boshqalar) mavjud bo'lishi kerak.
6. Ma'ruzachida muloqatga kiritish malakalari va tashkilotchilik sifatlari mavjud bo'lishi kerak.
7. Ma'ruzachini nutqi grammatik va orfoepik jihatdan savodhon va to'g`ri bo'lishi, uning nutqi aniq , ifodali, tushunarli va auditoriyadagilar uchun eshitilarli bo'lishi zarur.
8. Ma'ruzachini nutq sur'ati (tempi) tinglovchilarga ma'ruzani tushunishlari va asosiy mazmunni yozib olishlari uchun mos bo'lishi kerak.
9. Ma'ruzachi tinglovchilar bilan hushmuomila vash u bilan birga talabchan munosabatda bo'lishi lozim.
Uchinchi guruh shartlariga quyidagilar kiradi:
1. Ma'ruza soatlarini to'g`ri taqsimlanishi.
2. O’quv jarayonini o'z vaqtida, sifatli materiallar bilan ta'minlash.
YUqorida sanab o'tilgan uch guruh shartlari birgalikda amalga oshirilsagina, hamma talablarga javob beradigan ma'ruzani o'tish mumkin bo'ladi.
Ma'ruza, asosan ijtimoiy fanlarni o’qitish jarayonida qullanmoqda. Ma'ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko'p mehnat talab qiladigan ishdir. Ma'ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahorat asosida tashkil etiladi. Ma'ruzadan faqat fan, o’quv predmeti asoslari borasidagi ma'lumotlar berib qolmasdan, balki o'kuvchilarni ijtimoiy-g`oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma'ruza jarayonida asosiy e'tibor o'kuvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirishga qaratilgan.
Maktab amaliyotida ma'ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda: ma'ruza-hikoya, mahruza-suhbat, ma'ruza-munozara hamda ommaviy ma'ruza. Ma'ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma'ruzachi-o’qituvchida ma'ruza mavzusi yuzasidan reja hamda konspekt bo'lishi lozim.
Ma'ruza umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda yangi turdagi o’quv muassasalarida 45 daqiqalik bir akademik soatdan iborat bo'ladi. Umumiy qoidaga muvofiq ma'ruza bir dars davomila ohiriga etkazilmay holgan bo'lsa, u yangi mashg`ulotda davom ettiriladi. harbir mavzu bo'yicha ma'ruza materiallari tushuntirib bo'lingach, o’quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi. harbir mavzu yuzasidan foydalanish lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yhati taqdim etiladi.
Maruzalar mashg`uloti kuyidagi turlarga bulinadi
quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Muammoli ma`ruza.
2.Binar ma`ruza.
3.Vizual ma`ruza.
4.SHarhlovchi ma`ruza.
5.Ahborotli ma`ruza.
6.Munozara ma`ruza.
7.Kirish ma`ruza.
2.Seminar mashg`ulotlarining vazifasi - darslarda bayon qilingan nazariy fikrlarni konkretlashtirish, chuqurlashtirishdan, o’quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlashdan, adabiyotni o'rganish ko'nikmasini hosil qilish, uni konspekt qilish, suhbatlar, dokladlar, ota-onalar uchun konsultaciyalarning plan va konspektlarini tuzishdan, kursning konkret temasini og`zaki bayon qilish qobiliyatiga ega bo'lishdan iboratdir.
Seminar mashg`ulotlari uchun kursning eng muhim va murakkab masalalari shuningdek, adabiyotlarda etarli darajada to'liq yoritilgan va o'kuvchilarning o'zlari mustaqil ravishda o'rgana olishlari mumkin bo'lgan masalalar tanlab olinadi.
Seminarning harbir temasi bo'yicha o’quvchilarga adabiyotlar ro'yhatini berish, topshiriqning harakterini belgilash, uni bajarish plani va hisobot formasini ko'rsatish kerak. Adabiyotlarni o'rganayotganda o’quvchilar konspekt yoki ota-onalar uchun konsultaciyalarning tekstlarini tuzadilar.
Seminar mashg`ulotlarini quyidagicha tashkil etish mumkin: avvalo o’qituvchi seminarning vazifasi va uni o'tkazish tartibini belgilaydi. So'ngra nutq so'zlash uchun o'kuvchilarga so'z beradi. Shundan keyin ishtirok etuvchilar nutq so'zlaganlarga savollar beradi, ular javob qaytarishadi. Keyin boshqa o'quvchilar nutq mazmuniga haratkeristika berib, uni to'ldiradilar (yutuq va kamchiliklar ko'rsatiladi). O’qituvchi seminarni yakunlar ekan, asosiy nutqni baholaydi, uning mazmuni, ifoda formasi ko'rgazmali qurollar (jadvallar, rasmlar, fotosuratlar va boshqalar) dan foydalanish darajasiga harakteristika beradi, shuningdek, boshqa o'kuvchilarning nutqlari to'g`risida ham fikr mulohazasini aytadi. Mashg`ulot so'ngida qo'yilgan vazifa qanday bajarilganligini aytib o'tish va navbatdagi seminarga tayyorlanish uchun tavsiyalar berish muhim.
Ma'ruza mavzu bo'yicha qilinadigan suhbat, seminar bo'lib, bu o’qituvchi rahbarligida o'tkaziladigan amaliy mashg`ulot o’quvchilarda mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat ko'rsatish, darslik bilan mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatining rivoj topishiga yordam beradigan darajada bo'lishi lozim.
Seminarlarni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad o'kuvchilarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasi dan keng va chuqur ma'lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajak faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko'nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir.
Seminar mashg`uloti o'kuvchilar tomonidan u yoki bu mavzu bo'yicha ma'ruzalar tayyorlash hamda uni sinf o’quvchilari bilan muhokama qilish yo'li bilan olib boriladi.
Seminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko'riladi. O’quvchilar adabiyotlarni o'rganadilar, material yig`adilar, turli kuzatishlar o'tkazadilar, o'z ahborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar.
Seminar mashg`uloti o’qituvchi rahbarligida o'tkaziladi. U o’quvchilar ishini yo'naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan mu?okamani yakunlaydi. Zarur qo'shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Ma'ruza qilgan, muhokamada qatnashgan o’quvchilar faoliyati baholanib boriladi.
Seminar mashg`uloti o'kuvchilar e'tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga, fikrlashga o'rgatish, darsni faollashtirish hamda o’quvchilar a?liy ?obiliyatlarini o'stirishda muhim o'rin tutadi.
Seminar mashg`uloti kuyidagi turlarga bulinadi:
1. Seminar trening.
2. Seminar bahs-munozara.
3. Intensiv seminar.
4. Interaktiv seminar.
5. Seminar loyiha
3.Amaliy mashg`ulotlar
Amaliy mashg`ulotlar o'kuvchi-tinglovchilarni biror-bir mavzu bo'yicha bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash uchun o'tkaziladi.
Amaliy mashg`ulotlar - pedagogi-psixologikdagi mustaqil ta'lim shaklidir. Amaliy mashg`ulotlarni o'ziga hos hususiyatlari shundaki quyiladigan vazifa, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini tashkil etishni birgalikda amalga oshirishni ko'zda tutadi.Amaliy mashg`ulotlarda tor doiradagi amaliy harakterga ega bo'lgan masalalar hal etiladi.O’qituvchi amaliy mashg`ulotlarda o’quvchilar faoliyatini tashkil etish, ularga topshiriqlarni bajarishga yordam berishdan iborat bo'ladi.Amaliy mashg`ulotlarda o’quvchilarni tashkil etishning frontal, guruhli, yakka holda, juftli ishlash shakllaridan foydalaniladi. Bu esa o’qituvchiga alohida o’quvchilarda turli malaka va ko'nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi.
Amaliy mashg`uloti kuyidagi turlarga bulinadi:
1.Taqdimot.
2.Mustakil ijodiy ishlar loyihasi.
3. Amaliy mashklar.
4.Virtual tehnik takdimot.
Laboratoriya mashg`ulotlari
Laboratoriya mashg`ulotlari - bu o’qituvchi rahbarligida va belgilangan reja asosida yangi bilim bo'yicha tajriba o'tkazish jarayonida amalga oshiriladigan aniq amaliy vazifalardir.
Yangi bilimni egallash bo'yicha o'tkaziladigan laboratoriya mashg`uloti quyidagi metodik priyomlar orqali amalga oshiriladi:
- mashg`ulot mavzuini va amalga oshiriladigan vazifalarni aniqlash;
- mashg`ulot tajriba-bosqichlarini aniqlab olish;
- mashg`ulotning borishini, ishning tehnik havfsizlikka rioya qilingan holda bajarilishini kuzatib borish;
- mashg`ulotni yakunlash, asosiy hulosani bayon etish.
Laboratoriyada o'tkaziladigan mashg`ulot-tajriba o'kuvchilarning hozirgi davrdagi ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini, tajribada qo’llanadigan asboblarga ongli munosabatda bo'lish ko'nikmasini, tehnik bilimni egallab olishlariga zamin yaratadi.Bu mashg`ulotda o’quvchilar o’qituvchining topshirig`i bo'yicha asboblardan foydalanib, biror hodisani reja asosida tadqiq etadilar. Amaliy mashg`ulotlarda mavzuning yirik qism lari o'rganiladi. Bu - umumlashtiruvchi tarzda bo'ladi. Mazkur ish faqat sinfda emas, balki sinfdan tashqarida ham amalga oshiriladi.
Laboratoriya mashg`uloti quyidagi priyomlardan tashkil topadi:
- mashg`ulot maqsadini belgilash;
- bajariladigan ishni, unga rahbarlik qilish tartibini belgilab olish;
- ish tugagach, uni yakunlash.
Laboratoriya mashg`uloti jarayonida o’quvchilar darslik va o’quv qo’llanmalardan foydalanishlari, o’qituvchi bilan maslahatlashishlari mumkin.Bu metod o’quvchilarning bilim, bili shva ko'nikmalarini tekshirish, ya'ni ta'limiy jarayon tarkibi va principlari bilan bog`liq holda qo’llanadi. Shu asosda bilimni tekshirish va baholashning turlari belgilanadi. Masalan:
- kundalik o’quv mashg`uloti davomida bilimni tekshirish va baholash;
- harbir chorak ohirida bilimni tekshirish va baholash;
- yil ohirida o’quvchining yil davomida egallagan bilimini tekshirish va baholash.
harbir o’qitish shakllaridan foydalanish o’qituvchidan yuksak pedagogik bilim va mahoratni talab etadi.
Laboratoriya mashg`uloti quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Ijtimoiy loyiha ishi
2. Tehnik laboratoriya.
3.Mahsus laboratoriya ishi.
Mustaqil ta'lim belgilangan o`quv topshiriqlarini tinglovchilar tomonidan mustaqil va ijodiy (yoki professor - o`qituvchining ko`rsatmasiga muvofiq) bajarish maqsadiga yo`naltirilgan o`quv faoliyatidir. Mustaqil ta'lim negizini ta'lim oluvchining mustaqil ishlari tashkil etadi. Mustaqil ishlar o`quv - biluv faoliyatining bir turi, o`quv faoliyatining tashkiliy shakl - usuli, bilim o`zlashtirish yo`li, vositasi sifatida namoyon bo`ladi. Shuningdek tinglovchilarning mustaqil ishlari didaktik maqsadi, mustaqil o`quv faoliyatining darajasi, yakka kishiga yoki guruhga mo`ljallanganligi, axborot manbai, bilim olish metodlari, shakli va bajarish o`rniga ko`ra ham tasniflanadi, farqlanadi
Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin