3 – SINF
Mavzu: 240+30 ko’rinishidagi misol va masalalar yechish.
Maqsad:
Uch xonali sonlarni qo’shishning har xil usullari bilan tanishtirish;
Tenglamalar va tarkibli masalalar yechish;
Ertak – sarguzashtlar orqali masala va misollar yechish. Matematika faniga qiziqishlarini orttirish;
Iqtisodiy tushunchalar singdirish;
Reyting usulida baholash.
Darsning jihozi: Tandir maketi, olma maketi, ko’l maketi, baliqlar, olamalar, kitob.
Dars turi: noan’anaviy.
Dars metodi: Ko’rgazma, o’yin, musabaqa.
Darsning borishi:
Uy vazifasini tekshirish.
Matematik diktant. O’quvchilar faqat javobini yozadi.
300 va 200 sonlarining yig’indisini toping.
400 va 200 sonlarning yig’indisini toping.
670 va 230 sonlarining yig’indisini toping.
400 va 300 sonlarning ayirmasini yozing.
600 va 400 sonlarining ayirmasini yozing.
700 va 400 sonlarining ayirmasini yozing.
Yangi mavzu.
Magnitofonda ertak eshitiladi: Qadim zamonda bir chol – kampir bo’lgan ekan. Ularning bir qizchasi va mittigina o’g’ilchasi bor ekan. Bir kuni ota – ona bozorga ketishibdi, bolalar esa uyda yolg’iz qolibdi. Qizcha ukasi bilan o’ynagani chiqibdi va o’yin bilan bo’lib ukasi yo’qolib qolganini ko’rmabdi. ”Voy endi nima qilaman?” – debdi qizcha va ukasini qidirib ketibdi.
Eshik taqillaydi va qizcha kirib keladi. ”Bolalar, ukamni topishga yordam beringlar, - deb tandir oldiga boradi. Nonlar: Bizlarni uzib oling, kuyib krtyapmiz.
Qizcha: Hozir, hozir, men sizlarni uzib olaman.
Zumrad nonlarni uzib oladi va orqasidagi misollarni o’quvchilar bilan ishlaydi.
36+30 520+40
420+300 200+170
38+215 525+400
Qizcha yo’lni davom etiradi va daryo oldiga boradi.
Qizcha: ey daryo, menga yo’l ko’rsat.
Daryo: Baliqlarni tutib olsang, senga yo’l ko’rsataman.
Qizcha baliqlarni birma – bir tutib oladi va undagi yozilgan misollarni o’quvchilar bilan yechiladi:
7•8+36:9 24:3+15:5
29+54:6 72-48:8
6•4+5•7 9•3-2•8
Qizcha yana yo’lini davom ettirdi va olma daraxti oldiga boradi.
Qizcha: Olmajon, jon olmajon, ukamni topishga yordam ber.
Olma: Mening mevamga yozilgan masalani yecha olsang, senga yordam beraman.
Qizcha masalaning sharti va yechish sxemasi yozilgan plakatni taxtaga osadi.
Masalani tahlil qiladilar va yechish sxemasidan foydalangan holda uni yechishadi.
12:2=6 (Taxta)
30:6=5 (donxo’rak)
Javob: Duradgor 30 taxtadan 5 donxo’rak yasashi mumkin.
Mana qizcha ukasini topib ham oldi, yordam berganingiz uchun rahmat..
Baholash.
Yaxshi javob bergan o’quvchilarni rag’batlantiriladi va reyting usulida baholanadi.
Uyga vazifa: 258-chizma, 259-chizma.
Dostları ilə paylaş: |