O‘quvchilar bilan uchrashishi lozim bo‘lgan informatika sohasi mehnat faxriysi, fidoiylarini aniqlaydi: Ismi sharifi, turar joyi, qayerda yashashi, sog‘-salomatligi, uchrashuv joyini (ta’lim muassasasidami yoki soha faxriysi uyidami), qaysi vaqtda uchrashuv belgilanishi va h.k.
Soha fidoiysi, mehnat faxriysi bilan uchrashuv bo‘lishini eshitadi, maqollar, she’rlar yodlaydi, aytishni mashq qiladi, faxriyga beriladigan namunaviy savollar bilan tanishadi.
2-bosqich Loyihani tayyorlash (konstruk-torlik).
Uchrashuvga nom tanlaydi. Uchrashuvning taklifnomasi va e’lonini tayyorlaydi, tarqatadi, e’lonni e’lonlar doskasiga osadi. O‘quvchilarni uchrashuvga tayyorlaydi (maqollar, she’rlar, savollarni topib, o‘quvchilarga taqsimlab berali, mashq qildiradi)
Uchrashuvni o‘qituvchi kirish so‘zi bilan ochadi. Faxriyni o‘quvchilarga tanishtiradi, o‘quvchilarni faxriy bilan tanishtiradi. Soha faxriysi o‘z mehnat faoliyati, qanday ishlagani mamlakatimiz rivojlanishiga qo‘shgan hissalari haqida gapirib beradi (20 minut)
O‘quvchilar o‘qituvchi va faxriyni eshitadilar, o‘zlariga biriktirilgan maqollar, she’rlar tartib bilan aytib beradilar. Faxriyga savollar beradilar, savol javobini tinglaydilar.
Sovg‘alarini topshiradilar
(40 minut)
4-bosqich Yakunlovchi bosqich.
Uchrashuv yakuni o‘qituvchi so‘z olib bugungi kun uchrashuvining yoshlarga bergan saboqlarini aytadi, faxriyga, yakunlovchi so‘z beradi savol berishi mumkin. Faxriy javobini tinglaydi. (10 minut)
Tinglaydi, qo‘shimcha savol berishi mumkin. O‘z fik–mulohazalarini bildiradi
(10 minut).
(Jami 80 minut)
5-bosqich Xulosa va tavsiyalar berish.
O‘qituvchi o‘zi o‘tkazilgan uchrashuvni tahlil qiladi, xulosa chiqaradi. Yutuq va kamchiliklarni belgilab oladi. Keyingi uchrashuvda kamchiliklarni tuzatish tavsiyalarini ishlab chiqadi.
(O‘quvchi ishtiroki yo‘q)
Soha fidoiylari bilan uchrashuv natijasida o‘quvchilarda quyidagi xususiyatlar shakllanadi: