2.Ta’lim berish vazifalari. 7-8 yoshli o‘quvchilar bilan milliy xalq o‘yinlarini o‘tkazish jarayonida ta’lim berish vazifalarini bajarish ham muhim ahamiyatga ega. Bu vazifalar: harakat malakalari va layoqatlarini shakllantirish, jismoniy fazilatlar (chaqqonlik, tezlik, qayishqoqlik, muvozanatni saqlash, epchillik, baquvvatlik, chidamlilik) ni rivojlantirish, gavdani to‘g‘ri tutishni, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat. Asab tizimining qayishqoqligi tufayli bolalarda harakat malakalari kattalarga nisbatan osonroq shakllanadi. Bu malakalarning ko‘pchiligi (yurish, yugurish, sakrash) dan bolalar kundalik hayotda harakatlanuvchi vositalar sifatida foydalanadilar. Harakat malakalari bolaning atrof-muxit bilan muloqot qilishini engillashtiradi va uni idrok qilishiga ko‘maklashadi.
Tanlab olingan xalq milliy o‘yinlarini to‘g‘ri bajarish bola mushaklari, paylari, bo‘g‘imlari, suyuk tizimining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Puxta shakllantirilgan harakat malakalarini amalda qo‘llash bilan, o‘yinlarni bajarish chog‘ida bola kuchini tejashda va uning etiborini o‘yin faoliyati paytida tasodifan sodir bo‘luvchi turli-tuman vazifalarni idrok qilishga imkon yaratadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga jismoniy madaniyat bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bilimlar (o‘yinlarning foydali tomoni, jismoniy mashg‘ulotlarning axamiyati va texnikaviy ijrosi, ularni bajarish usullari, xalq milliy o‘yinlarning qoidalari va boshqalar) xaqida ma’lumot berish katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar olgan bilim qancha chuqur bo‘lsa, ular xalq o‘yinlaridan shuncha oqilona foydalanishlari, o‘yinlar bilan shuncha samarali shug‘ullanishlari hamda maktab va oila muhitida jismoniy madaniyat qurollarini mustaqil ishlata bilishlari mumkin.
3.Tarbiya berish vazifalari. Jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanish tanda, bolalarda, joriy qilingan tartibga rioya qilish odatini, hamda, xalq o‘yinlari bilan, iloji bo‘lsa, xar kuni muntazam ravishda shug‘ullanish ishtiyoqini uyg‘otish, ularda maktab va uyda shu o‘yinni bilan mustaqil shug‘ullana olish layoqatini rivojlantirish, ularni o‘z tengqurlari va o‘zlaridan kichik bo‘lgan bolalar jamoasida o‘yinlarni tashkil qilish, ularni birgalikda bajarishga o‘rgatish lozim. O‘quvchilarda xalq milliy o‘yinlariga mehr bilan, shu o‘yin natijalariga qiziqish bilan va sportchilar erishadigan g‘alabalariga havas bilan qarash tuyg‘usini tarbiyalash lozim.
Milliy xalq o‘yinlarini o‘rganish jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Xalq o‘yinlarini bajarish chog‘ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik, intizomlik, kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik, do‘slik tuyg‘usi hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo‘lib ishlay olish qobiliyati, topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish) ni tarbiyalash, shuningdek, irodaviy xususiyatlar (jasorat, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan engish, chidamlik va hakozolar ) ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga keladi.
To‘g‘ri tashkil qilingan milliy halq o‘yinlari bolalar aqlining rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday vaziyatda asab tizimining ham, boshqa barcha a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlar paydo bo‘lishi, shubhasiz.
Xalq milliy o‘yinlarini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar xalqona an’analariga sodiq holda yaxshi tarbiya ko‘radi, o‘rgangan narsalarini puxta eslab qoladi. Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning, shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi. Milliy o‘yinlar jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o‘zlaridagi ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan samimiy va quvnoq munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash, shuningdek, yuz bergan salbiy ruhiy holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga foydali ta’sir ko‘rsatishida, harakat malakalarining jadal va mustahkam shakllanishini ta’minlashida ko‘rinadi.
KAJB bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilar ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar, kasbga doir zarur jismoniy sifatlarni takomillashtiradilar. Masalan, qishloq xo‘jaligi kollejlarida o‘quvchilar otni parvarish qilishga o‘rgatiladi va ularda otda yurish malakasi hosil qilinadi. Bir qator kollejlarda KAJT bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari uchun maxsus maydon yoki shaharchalar, maxsus trenajor qurilmalari bilan jihozlangan zallar qurilgan. Masalan, qurilish kollejlarida, balandlikda ishlaydigan montajchilar tayyorlashda ularga mo‘ljallab muvozanat saqlashni o‘rgatish maqsadida yotqizilgan to‘sinli inshoot o‘rnatiladi. Osma tebranib turadigan sport snaryadlari keng qo‘llanadi. O‘t o‘chirish texnik kollejida maxsus to‘siq chiziqlari chizilib, turli jihozlar o‘rnatiladi. Masalan, tog‘-kon kollejlari o‘quvchilari uchun kontrol mashq turlari ishlab chiqilgan.
Kross (poyga)—1500 m dan 3000 m gacha.
Marsh-brosok—6 km.
Suzish: vaqt hisobga olinmaydi—100 m dan 500 m gacha.
O‘tirib-turish: ikki oyoqda — 100 dan 350 martagacha,bir oyoqda — 15 dan 150 martagacha.
Ko‘krakdan shtangani siltab ko‘tarish. Variantlari: tik turib,tizzada turib, chalqancha yotib 1—2 dan 8—10 martagacha. (Shtanganing og‘irligi gavda vaznining 45—80% ini tashkil etishi kerak.)
Qo‘llarga tayanib yotib, uni bukib-yozish. Oyoqlarnigimnastika skameykasi ustiga qo‘yib,20 dan 40 martagacha bukib yozish.
Chalqancha yotgan holatdan gavdani 30 dan 90 martagachako‘tarib-tushirish.
16 kg li toshni gimnastika skameykasidan oshirib o‘tkazishva teskarisi, tizzalarda turgan holatda toshni u yoqdan bu yoqqa 1 daqiqa ichida kim tez o‘tkazish.
Yarimbukilgan qo‘llarda yotib tayanish (50 dan 110 soniyagacha).
Oyoqlarni yelka kengligida qo‘yib, yuzni yuqorigaqaratib, qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib 35 dan 85 soniyagacha gavdani yotiq holatda ushlash; yuzni pastga qaratib, 80 dan 130 soniyagacha 5 kg li to‘ldirma to‘pni qo‘llarni to‘g‘ri qilib ushlash.
Gimnastika skameykasi ustida yurish va o‘tirib-turish(10 dan 35 martagacha).
15–20 m ga o‘tirib yurish; oyoq yordamisiz 10—15 m ga qo‘llarga tayanib yotib siljish — bukilib yurish. 5 –10 m ga tosh ko‘tarib yugurish (22—26 soniyada).
10 m ga tizzalarga tayanib emaklash: yon tomonga — 10 m; yerbag‘irlab sudralib — 10 m; 5 dan 15 kg gacha yuk bilan yurish (20—24 soniya.)
30 m ga 7,5—10 soniyada o‘tirib tez yurish.
20 m ga 10 kg li to‘ldirma to‘p bilan o‘tirib yurish. Qo‘llarga tayanib, 20 m ga oyoq yordamisiz emaklash. Cho‘qqayib o‘tirib, 20 m ga (27—44 soniyada) orqa bilan oldinga siljish.
Ishlab chiqarishda ishlaydiganlar uchun KAJT bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda, ko‘pgina sanoat korxonalarida salomatlik sexlari yaratilgan, salomatlikni tiklash markazlari, reabilitatsiya va faol dam olish hamda apparatli massaj seansini qo‘llash, funksional musiqa eshitish xonalari tashkil qilinmoqda.
Ko‘pchilik o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida KAJT bo‘yicha ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlarning kasbiy-amaliy yo‘nalishi kollejlararo spartakiadalar maqomini olgan. Musobaqa dasturiga alohida kasbiy-amaliy jismoniy mashqlar, maxsus amaliy sport turlari kiritilgan. Har bir o‘quvchi KAJT bo‘yicha musobaqalarda qatnashib nafaqat yuqori shaxsiy natijaga erishishi, balki o‘z guruhi, kursi, bo‘limi, kolleji sharafini munosib himoya qilishi lozim.
KAJT bo‘yicha musobaqa dasturiga quyidagi mashqlar kiritilgan.
Bir oyoqni yerga tekkizmay oldinga uzatib, boshqasi bilano‘tirib-turish. Chap, o‘ng qo‘llar oldinga („to‘pponcha“ qilib) uzatilgan holda.
Oyoqlar gimnastika skameykasi ustida, gavdani to‘g‘ritutib, yerga tayanib qo‘llarni bukish va yozish.
Toshni gimnastika skameykasidan oshirib, bir gal utomonga, bir gal bu tomonga olib qo‘yish. Tizzalarda turib, toshlarni o‘ng va chapga olib qo‘yish.
Mashq bir daqiqa mobaynida bajariladi. Bunda toshning o‘rindiq orqali necha marta olib o‘tilgani hisobga olinadi.
Estafeta 3½2 m.
o‘tirib 5—8 kg to‘ldirma to‘p bilan siljish, to‘p bukilgan
qo‘llarda, ko‘krak oldida;
qo‘llarga to‘g‘ri tayanib yotib, oyoq yordamisiz siljish;
d) orqaga tayanib yotib, oldinga siljish.
Musobaqa g‘oliblari ko‘pkurash turlari bo‘yicha aniqlanadi. (birinchi o‘ringa — 1 ochko, ikkinchi o‘ringa — 2 va hokazo).
Ishlab chiqarishda ishlovchilar uchun ommaviy sport tadbirlari kasbiy-amaliy maqsad asosida belgilanadi va keng ko‘lamda o‘tkaziladi. Alohida kasbiy-amaliy jismoniy mashqlar sayohat va uchrashuvlar dasturiga, salomatlik va sport kunlari, korxona va tashkilotlarning an’anaviy spartakiadalari, „Alpomish“, „Barchinoy“ maxsus testlari bo‘yicha brigada, sex va uchastkalar musobaqalariga kiritiladi.
O‘quvchilarning KAJT individual dasturida mashg‘ulotning maqsadi aniq ifodalanadi, qulay vositalar belgilanadi. Bunday vositalar maxsus amaliy sport turlarining alohida unsurlari, buyumlarsiz jismoniy mashqlar, buyumlar, espanderlar, trenajor va boshqalar bilan bajarilishi, shuningdek, ularga suv va chiniqish muolajalarini ham kiritish mumkin. Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik ko‘nikma va malakasini tezroq egallash maqsadida yaqin sport inshootida, istirohat bog‘ida, o‘rmonlarda mustaqil ravishda shug‘ullanish ham yordam beradi.
Demak, mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘lajak xalq xo‘jaligi mutaxassislari oldiga muhim vazifalarni qo‘yadi: kasbiy bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni tez va mustahkam o‘zlashtirish; kelajakdagi mehnatga tayyorgarlikni yanada oshirish; kasbiy zarur jismoniy va axloqiy sifatlarni oshirish; barcha a’zolarni chiniqtirish — organizmni issiq va sovuqqa, ayrim mehnat sharoitiga xos bo‘lgan zararli ta’sirlarga qarshiligini oshirish. Bu vazifalar sizning qiziqishingiz va faol qatnashishingiz, jismoniy tarbiyaga, va xususan, KAJTga ongli munosabatda bo‘lganingizdagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Siz o‘qishni tugatib egallagan kasbingiz bo‘yicha ishga kelasiz. Qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda sizga jismoniy tarbiya sohasida olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringiz yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |