O‘yinni taxlil qilish O‘yinni taxlil qilish O‘yinni natijalarini e’lon qilishda o‘yinni tushinib etish, o‘yin qatnashchilari tomonidan texnik usullar va texnikasida qo‘yilgan xatosini ko‘rsatib berish zarur. Kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘yinni syujetini taxlil qilishda o‘yinni syujetini rivojlantirishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni, aloxida rollarni yaxshi bajargan o‘yin qatnashchilarini ko‘rsatib o‘tish juda foydali bo‘ladi. Ijobiy tashabbus ko‘rsatgan va o‘yin qoidalariga rioya qilgan o‘quvchilarni aloxida o‘rnak uchun ko‘rsatib o‘tish kerak.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ya’ni o‘yin jarayonini o‘tkazishini o‘zi juda murakkab: u nafaqat bolalarni yosh xususiyatlariga, ishlash sharoitiga, balki bolalarni jamoa bo‘lib o‘ynashga tayyorgarligiga, ularni kayfiyatiga, o‘yin rahbarini o‘zining maxoratiga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘yinni o‘tkazish pedagogik jarayon bo‘lib, uni xardoim ham oldindan aytib bo‘lmaydi.
Bolalar bilan shug‘ullanishni amaliy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘yin jarayonida o‘ynovchilarni harakatini taxlil qilishni va tuzatishni bilish, to‘g‘ri taxlil qilishni va o‘yinni raxbari sifatida o‘zini xulqini baxolashni bilish o‘yinga raxbarlik qilish maxoratini takomillashtirishga yordam beradi.
Jismoniy madaniyat tizimidagi barcha soha va bosqichlarning birdan-bir va yagona maqsadi-insonni to‘g‘ri yashashga tayyorlashdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiyasining vazifalari bolalarning yoshiga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, lekin bunda jismoniy madaniyatning umumiy maqsadi ko‘zdan qochirilmaydi. Jismoniy madaniyat tizimidagi barcha soha va bosqichlarning birdan-bir va yagona maqsadi-insonni to‘g‘ri yashashga tayyorlashdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiyasining vazifalari bolalarning yoshiga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, lekin bunda jismoniy madaniyatning umumiy maqsadi ko‘zdan qochirilmaydi.
Maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiyasida sog‘lomlashtirish, ta’lim berish va tarbiya berish vazifalarini amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Xalq milliy o‘yinlari orqali bu vazifalarni yaxlit holda bajarish imkoniyatlari ko‘proq ko‘rinadi.