Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-1167-1175 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 1173 May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Inshoda, albatta, mavzuga mos ravishda asos, ziddiyat, taqqoslash, misol, isbot
bo„lishi talab etiladi.
Ko„p hollarda sinov uchun biz insho mavzularini turli variantlar asosida tashkil
etamiz. Bu hol ko„chirmachilikni oldini oladi, albatta. Lekin o„quvchilar qobiliyati,
iqtidorini teng baholashga to„sqinlik qiladi. Bir xil mavzuda insho yozdirish esa
yozma ishlarni to„g„ri baholashga yordam beradi.
Insho rejasini tuzish.
Insho mavzusi aniqlab olingach, mazkur mavzu asosida insho rejasi tuziladi. Reja
– ish-faoliyatni tartibga solish, amalga oshirish rejimidir. Reja forscha-tojikcha
so„zdan olingan bo„lib, “kir yoyiladigan ip”, “arqon”, “saf”, “qator” kabi ma‟nolarni
anglatadi, biror ishni tartibi bilan va o„z vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab
olingan aniq mo„ljal, belgili tartib, qoida, o„lchovni bildiradi.
Tuziladigan reja insho mazmunini o„zida to„la-to„kis namoyon etishi darkor.
Reja inshoning tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Insho rejasi ikki xil: sodda va murakkab ko„rinishda bo„ladi.
Sodda reja:
Mustaqillik – xalqimizning asriy orzusi
Reja:
1.Ozodlik va erk uchun kurash – ona xalqimiz jasorati.
2.Mustaqillik muborak, ona O„zbekistonim!
3.Istiqlol va istiqbol – mushtarak tushunchalar.
Murakkab reja:
Alpomish va Barchinoy timsollariga tavsif
Reja:
I.Kirish. Dostonlar gultoji.
II.Asosiy qism:
1.Alpomish – tengsiz kuch sohibi.
2.Qat‟iyatli o„zbek qizi.
3.Do„stlik – ulug„ ne‟mat.
III.Xulosa. “Alp o„g„lonlar o„lkasi bu – Ko„hna Turon…”
Inshoga epigraf tanlash.
Insho rejasi tuzib olingach, mavzuga har tomonlama mos keladigan muqaddima so„z
(epigraf) tanlab olinadi. Inshoning mazmuniga mos keluvchi hikmatli so„z, maqol,
ibora, yoki fikrlar epigraf deyiladi. Epigraf yunoncha so„zdan
olingan bo‟lib, “ustidagi”, “yozuv” kabi ma‟nolarni ifodalaydi.