Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 5 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-1167-1175 SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 1174 May, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Epigraf rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o„ng chetiga yoziladi.
Epigraf sifatidagi matndan so„ng mazmuniga ko„ra nuqta, so„roq, undov belgilaridan
biri qo„yiladi, muallif qavs ichida ko„rsatiladi, qavsdan so„ng tinish belgi
qo„yilmaydi.
NATIJA Yozish bo„yicha tavsiyalar:
Insho yozayotganda, qisqa iboralarni uzoq iboralar bilan almashtirmaslik
kerak. Bunda matnni o„qish oson bo„ladi.
Insho matnida murakkab va tushunarsiz so„zni ishlatmaslik lozim, ayniqsa, bu
so„zning ma‟nosi notanish bo„lsa.
Shaxsiy tajriba, xotiralar va taassurotlarni aks ettirish muallif nuqtayi nazari va
o„quvchi ishonchini tasdiqlashning ajoyib usuli hisoblanadi.
Mavzuga va asosiy g„oyaga amal qilish kerak, undan chetga chiqmaslik va
keraksiz tafsilotlarni tasvirlamaslik kerak.
Insholarda faktlardan, tadqiqot natijalaridan foydalanish ishonchlilik uchun
juda yaxshi imkoniyatdir.
O„quvchilar inshosini baholashda adolatli bo`lish ham samaradorlikning
oshishiga yordam beradi. Insholarni baholashda quyidagilarga e‟tibor berish zarur: 1.
Insho mavzusining yoritilishi.
2. Reja, kompozitsiya, izchillik.
3. Janri, uslubi.
4. Insho hajmi.
5. So`zlardan to`g‟ri foydalanish.
6. Sintaksis, gaplarning hajmi, sintaktik konstruksiyalarning bir xil yoki har xilligi. 7.
Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri.
8. Husnixat, tashqi tomondan shakllantirish.
O„quvchilarning bilimlarini nazorat qilish tizimi muhim didaktik shartlardan
biri hisoblanadi. O„quvchilar bilimini nazorat qilish o„qituvchiga qo„llanilayotgan
ta‟lim metodlari, vositalari va uslublarining samaradorligini baholashga, metodikaga
tuzatishlar kiritishga imkon beradi. O„quvchilar uchun nazorat muhimdir, chunki u
shakllanuvchi bilimlarning to„g„ri ekanligini mustahkamlashga xizmat qiladi, sifatli
ishlashga boshlaydi, o„z o„zini nazorat qilishni rivojlantiradi. Bilimlarni nazorat qilish
va baholash bolaga tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatadi, qiyinchilikni
yengishga va kundalik ishlash tizimiga o„rgatadi.