Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-1167-1175
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
1172
May, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
Ta’limiy insholar –
insholarning asosiy qismini tashkil etadi. Bunday insholar,
asosan, o„qitishga
qaratilgan, o„rgatishni maqsad qilgan insholardir.
Nazoratga qaratilgan insholar
– katta bo„limlar o„rganilgandan keyin yoki
chorak va o„quv yili oxirida o„tkazilishi mumkin. Ular, asosan, o„quvchilarning
egallagan bilim, ko„nikma va malakalarini nazorat qilish maqsadida o„tkaziladi.
Ko‘rik-tanlov insholari
– sinf yoki maktab doirasidagi ko„rik-tanlov, ma‟lum bir
nomdagi tanlov g„oliblarini aniqlash maqsadida, fan
olimpiadalari bosqichlarida
o„tkaziladi.
Har uchala insho turlari bir-biri bilan chambarchas bog„liqdir. Ta‟limiy insholar
ayni vaqtda nazorat uchun xizmat qiladi. Har qanday nazorat qilishga qaratilgan
insho ta‟limiy maqsadni ko„zlaydi. Ko„rik-tanlov uchun yozilgan insholar ham
ta‟limiy, ham tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo„ladi.
Mavzu tanlash, asosiy g„oyani belgilash, material yig„ish, reja tuzish, shu asosda
to„plangan
materialni saralash, fikrni muayyan izchillikda bayon qilish, yozilgan
matnni qayta ishlash va takomillashtirish kabi vazifalar barcha turdagi insholar uchun
xosdir.
Insho mavzusini shakllantirish va tanlash.
Mavzu arabcha so‟z bo‟lib, “joylashtirilgan”, “to‟qib chiqarilgan” kabi
ma‟nolarni anglatadi. Insho mavzusi o‟qituvchi tomonidan yoki muvofiqlashtirilgan
kengash, o„quv-uslubiy birlashma tomonidan tanlangan va muhokama qilib
tasdiqlangan bo„lishi kerak. Insho mavzusini tanlashda quyidagilarga e‟tibor
berish
lozim:
1.
Adabiy mavzudagi insholarda yozuvchi, shoir faoliyatining asosiy jihatlari
qamrab olinadi. Erkin mavzular esa davrning muhim masalalariga
bag„ishlangan, o„quvchilar qalbida ezgulik tuyg„ularini
shakllantirishga
qaratilgan bo„lishi talab etiladi.
2.
Mavzu har qanday subyektiv yondashuvdan xoli bo„lmog„i lozim.
3.
Mavzu o„quvchilarning yoshiga, saviyasiga mos bo„lishi, ularning orzu-
umidlari, qiziqishlarini aks ettirishga xizmat qilishi lozim.
Insho mavzusini to„g„ri belgilashdan boshlanadi. To„g„ri tanlangan mavzu
inshoning muvaffaqiyatli chiqishi uchun tanlangan ilk qadamdir. Mavzu tanlashga
o„rgatish uchun berilgan matnni bir necha mustaqil qismga ajratish va ularga sarlavha
topish, bir matnga bir necha sarlavha topish topshipiladi.
Inshoda yoritilgan fikrlar mavzuga
mos kelishi va uning
mazmunini to„la qamrab olishi lozim. O„quvchi mavzu talabini
to„g„ri anglay olishi kerak.