Darslarni "kvest" texnologiyasi asosida loyihalashni takomillashtirish



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix29.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#71173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
DARSLARNI “KVEST” TEXNOLOGIYASI ASOSIDA LOYIHALASHNI TAKOMILLASHTIRISH

 
 



 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 
yil 29 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi xalq 
ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-
sonli [2], 2020 yil 6 noyabrdagi «O‘zbekistonning 
yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan 
sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6108-sonli 
farmonlari [3] va 2021 yil 25 yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi 
ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
4963-sonli 
qarori [4] da maktab o‘qituvchilarining kasbiy 
kompetensiyalarini malaka oshirish tizimida rivojlantirish vazifasi 
sifatida belgilab qo‘yilgan. 
Maktab o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi - bu 
o‘qituvchining o‘z kasbiga oid kerakli bilim, ko‘nikma, malaka va 
tajribaga ega bo‘lishi asosida ta’lim va tarbiya jarayonida turli 
pedagogik muammolarni muvaffaqiyatli hal etish imkoniyatini 
beradigan, faoliyat qobiliyati va tayyorligida namoyon bo‘ladigan 
shaxsning sifatidir. 
A.Sheltenning 
fikirga 
ko‘ra, 
o‘qituvchining 
kasbiy 
kompetensiyani – bu maxsus (maxsus bilimga ega), ijtimoiy (shaxs 
haqida ijobiy tasavvur, boshqa odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati, 
sinfda o‘zini tuta olish qobiliyati), uslubiy (qobiliyat mustaqil ravishda 
murakkab muammolarni hal qilish yo‘llarini topish, o‘z-o‘zini 
I. MAKTAB O‘QITUVCHILARINING 
DARSLARINI LOYIHALASH 
KOMPETENTLIGINI 
TAKOMILLASHTIRISHNING 
PEDAGOGIK MUAMMOLARI 
1.1. DARSLARNI LOYIHALASH 



tarbiyalash, o‘zini rivojlantirish) jihatda yuqori natijalarga erishishdir 
[6]. 
O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi tuzilishida darslarni 
loyihalash kompetensiyasi asosiylaridan biri hisoblanadi. Darslarni 
loyihalashda o‘qituvchining oldida katta mas’uliyat turadi hamda 
ulardan yuqori kasbiy kompitentlik talab etiladi. 
O‘qituvchining darslarni loyihalash kompetensiyasi bu- sistemali 
va mantiqiy tugallangan dars ishlanmasi va o‘quv materiali asosida 
samarali ta’lim texnologiyalari qo‘llash orqali dars jarayonini tizimli 
tashkil eta olish qobiliyatidir.Baymurzina G. X. fikriga ko‘ra, 
o‘qituvchining darslarni loyihalash kompetensiyasi darsda o‘quvchlar 
va o‘qituvchilarning kelgusidagi faoliyatining asosiy tafsilotlarini 
dastlabki ishlab chiqish, uning natijalarini oldindan prognoz qila olish 
qobiliyatidir [6]. 
Shunday 
qilib, 
o‘qituvchining 
darslarni 
loyihalash 
kompetensiyasi -dars ishlanmasi asosida ta’lim texnologiyalarini 
to‘g‘ri va o‘rinli foydalangan holda dars bosqichlari to‘g‘ri tizimli 
tashkil eta olish qobiliyatidir.
Shu bois, malaka oshirish jarayonida maktab o‘qituvchilarining 
darslarini loyihalash kompetentligini rivojlantirishning yangicha 
yondashuvlarini ishlab chiqish, ularning o‘z kasbiga oid 
kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish davr talabiga aylandi. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda, malaka oshirish jarayonida maktab 
o‘qituvchilarining darslarini loyihalashga oid kompetentligini 
takomillashtirish jiddiy zaruratga aylangan[7]. 
Bugungi kunda pedagogikada ta’lim oluvchini ta’lim 
jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir nechta o‘qitish usullari 
ishlab chiqilgan. Bular muammoli o‘qitish, ish faoliyatini ifodalovchi 
o‘yinlar, shaxsga yo‘naltirilgan, rolli o‘yinlar va boshqalar. Ammo 
ularni ta’lim tizimida, jumladan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 
keng qo‘llaniladi, deb bo‘lmaydi. Buning sababi har bir mashg‘ulotga 
tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko‘zda tutishi, yuksak kasbiy bilim 
va mahoratni, ishga ijodiy yondashuv va ko‘p vaqtni sarflashni talab 
qilish sabab bo‘lmoqda, degan xulosaga keldik. Chunki har bir 



o‘tiladigan mashg‘ulot ishlanmasi o‘ziga xos xususiyatga ega va 
takrorlanmasdir [8]. 
Shu bilan birga quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
- o‘qituvchilari tomonidan darslarini samarali tashkil etish, 
mustaqil o‘z ustilarida ishlashlari uchun global tarmoqdan foydalanish 
madaniyatini shakllantirish; 
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan mustaqil foydalana 
olish malakalarini oshirish; 
- o‘qituvchilar tomonidan tashkil etilayotgan darslarni turli xil 
ta’lim 
texnologiyalaridan 
foydalanishga 
oid 
kompetentligini 
shakllantirish. 
Yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga oshirishda hamda malaka 
oshirish jarayonida maktab o‘qituvchilarning loyihalashga oid kasbiy 
kompetentiligini 
rivojlantirishda 
“Kvest” 
va 
“Veb-kvest” 
texnologiyasidan foydalanish bosqichlarini, algoritmini va qo‘llash 
usullarini takomillashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin