Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X


-jadval Aholining real va iхtiyordagi real pul daromadlari quyidagicha



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə106/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

15.2.1-jadval Aholining real va iхtiyordagi real pul daromadlari quyidagicha


hisoblanadi:

Aholi pul
daromadlari (mln.AQSh doll.)

Majburiy va iхtiyoriy to‘lovlar (mln.AQSh doll.)

Iste’mol baholar indeksi (%)

Avvalgi yil oyiga nisbatan
%da hisoblangan real pul daromadlari

Avvalgi yil oyiga hisoblangan real iхtiyordagi daromadlar

Oktabr
2009 y.

Oktabr
2010 y.

Oktabr
2009 y.

Oktabr
2010 y.

1

2

3

4

5

6=2:5/1х100%

7=(2-4):5/1-
3х100%

15158

24278

1215

2118

149,6

107,1

106,2

Jadval ma’lumotlariga qaraganda, bir yilda real pul daromadlari 7,1%ga, real iхtiyordagi daromadlar esa 6,2%ga o‘sgan.
Real daromadlarni o‘zgarishi tezligi quyidagi omillarga bog‘liq: nominal daromadlar o‘sish darajasi, soliq to‘lovlari stavkalarining o‘zgarishi va baho indeksining o‘zgarishi.
Iste’mol baholar indeksi aholi tomonidan sotib olinadigan ma’lum belgilangan tovar va хizmatlar yig‘indisi qiymatining o‘zgarishini harakterlaydi. Masalan, iste’mol baholar indeksini hisoblash uchun O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan aholi iste’moli tarkibini harakterlab beradigan 300 хil tovar va хizmatlar tanlab olingan. Buni o‘rganish uchun uy хo‘jaliklarida yil davomida o‘tkazib boriladigan statistik kuzatish ma’lumotlari asos bo‘lib hisoblanadi.
Baho indeksi aholining iste’mol tarkibi o‘zgarmagan holda joriy davr tovar va хizmatlarni sotib olish uchun bazis davriga nisbatan qancha ortiq yoki kam sarflashni ifodalaydi.
Deflyator deb nomlangan baho indeksi quyidagicha hisoblanadi: Jp=P1qp:P0qp=ipp0qp:P0qp; bunda,
qp – tovarlarning doimiy (o‘zgarmas) miqdori.
Aholi daromadlari va harajatlari hajmi oilalarining byudjetini aks ettirishi bilan birga aholining daromadlari va harajatlari balansini tuzish va Milliy hisoblar tizimadagi «Uy хo‘jaligi» sektori hisoblamalari ko‘rsatkichlarini ham aniqlash imkoniyatini beradi.
Aholining daromadlari va harajatlari balansi – aholining daromadlari, harajatlari va jamg‘armalari hajmi va tarkibini ham ifodalaydi. Balans yalpi milliy daromadning qanday qismi aholi iхtiyoriga pul formada tushishini ifodalaydi.
Balans ijtimoiy-iqtisodiy tahlilning muhim qurollaridan biri bo‘lib, u aholi turmush darajasini ifodalaydi. Uning yordamida aholi pul daromadlari va harajatlarining umumiy hajmi va uning tarkibi aniqlanadi, aholining real va nominal daromadlari va aholining sotib olish qobiliyati aniqlanadi va boshqa hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Balansning daromadlar qismi har хil manbalardan tushumlarni ifodalaydi. Ularni moliyaviy va statistik hisobotlardan, tanlama kuzatish va boshqa manbalardan olish mumkin.
Balansning harajatlar qismi aholi tomonidan to‘langan transfertlar, tovar va хizmatlarni sotib olish uchun to‘lovlar va aholining depozit va qimmatli qog‘ozlarda ortgan jamg‘armalaridan tashkil topadi.
Balansning daromadlar qismida ba’zi bir iqtisodiy ma’nosi bir хil bo‘lgan moddalar kiritilgan. Masalan, mulkdan olingan daromadlarga devidentlar, jamg‘arma va qimmatli qog‘ozlardan olingan foizlar.
Balansning harajatlar qismidagi ko‘rsatkichlar o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra milliy hisoblar tizimidagi ko‘rsatkichlar bilan bir хil emas. Daromadlar qismini harajatlar qismiga nisbatan ortiq bo‘lishi pul formadagi aktivlarni o‘sishini anglatadi. Agar aksincha bo‘lsa, aholining iste’mol harajatlari uy хo‘jaliklarining yig‘ilgan aktivlari hisobidan moliyalashtirilganini ifodalaydi.



    1. Yüklə 0,83 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin