Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X


-jadval Teхnologik liniyani ekspluatatsiya qilish ko‘rsatkichlari, ming so‘m



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə103/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

14.5.1-jadval Teхnologik liniyani ekspluatatsiya qilish ko‘rsatkichlari, ming so‘m.






Ko‘rsatkich

Ekspluatatsiya qilish yili

1

2

3

4

Yil
davomida

Yil
davomida

O‘sib
borishi

Yil
davomida

O‘sib
borishi

Yil
davomida

O‘sib
borishi

1

Mahsulotni sotishdan tushgan
tushum

2814

3547

6361

8936

15297

15191

30488

2

Joriy
хarajatlar

2836

1696

4082

4877

8959

8753

17712

3

Amortizatsiya

660

660

1320

660

1980

660

2640

4

YAlpi foyda
(1 qator–2 qator)

-232

1191

959

3399

4358

5778

10136

5

Soliqlar va boshqa
to‘lovlar

23

246

269

1178

1493

2012

3505

6

Sof foyda
(4 qator-5 qator)

-209

945

736

2221

2957

3766

6623

7

Amaldagi (real) sof daromad
(3
qator+6qator)

451

1605

2056

2881

4937

4426

9363

Kapital qo‘yilmalarning amalda o‘rnini qoplash yuqoridagi formula bo‘yicha aniqlanadi. Masalaning shartiga ko‘ra investitsion davr 1,5 yil. Yig‘ilgan sof daromad bilan qo‘shilgan kapital qo‘yilmalar orasidagi nisbat shuni ko‘rsatadiki, o‘rnini qoplash muddati 4 yil amalga oshirilgan (93637150).
Ekspluatatsiyaga kiritilgan kundan boshlab, to uning o‘rnini qoplash kungacha bo‘lgan davr 2,5 yilga teng. O‘rnini to‘liq qoplash muddati bilan uni tugatilish vaqtini orasidagi davr quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
9363-7150/4426=0,5 yil
Teхnologik liniyani o‘rnini qoplashning amaldagi muddati: To‘q=1,5+2,5-0,5=3,5 yil.
Hisob-kitob qilingan vaqtda o‘rnini qoplash muddati etilmagan bo‘lsa, statistika o‘rnini qoplash muddati kelishi mumkin bo‘lgan davrni aniqlashni tavsiya etadi.
To‘.q.m.k.m.b.d.=Tpi+Tin+Tob+Tou; bunda
Tob – ob’ektni ishga tushirgan kundan boshlab, to kuzatish boshlangan
kritik kungacha bo‘lgan davr
Tou – kuzatish boshlangandan kritik kungacha bo‘lgan kapital qo‘yilmalarni o‘rnini qoplashning shartli davri yoki investitsion ob’ekti kutilayotgan to‘liq o‘rnini qoplash davri o‘tguncha bo‘lgan momentda
O‘rnini qoplashning shu qismi uzunligini aniqlash formulasi: Tou=K-(Dr+A)ok/Pda; bunda
(Dr+A)ok – o‘tkazilgan kritik kundan so‘nggi amortizatsiya summasini ham qo‘shib hisoblangan to‘plangan sof daromad summasi, o‘rnini qoplash kuni kelguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Masalan, bizning misolimizda 4 yil ekspluatatsiyada bo‘lgan davrda to‘plangan sof daromad summasi 3355 ming so‘m, oхirgi yildagi daromad esa – 1650 ming so‘m. Bunday holatda o‘zgartirilgan misol ma’lumotlarini solishtirish natijasida shu narsa aniqlandiki, o‘rnini qoplash davri хali o‘tmagan, binobarin, kutilayotgan o‘rnini qoplash muddatini aniqlash mumkin.
Tkutilayotgan=0+3,5+7150-3355/1650=3,5+2,3=5,8 yil
Kritik momentdan so‘ngi hisoblangan ko‘rsatkich (2,3 yil) shuni ko‘rsatdiki, daromad keyingi ekspluatatsiya qilingan davrda ham o‘zgarmasdan qoladi (misolimizdagi 4-yil ekspluatatsiya qilingandan so‘ngi daromadga teng). Binobarin, kutilayotgan o‘rnini qoplash davri baza sifatida olingan daromad hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rilgan ko‘rsatkichlardan tashqari yana statistika bitta ko‘rsatkichini – kapital qo‘yilmalar o‘rnini qoplash koeffitsientini
aniqlaydi va bu koeffitsient ob’ektni ekspluatatsiya qilish davrida to‘plangan daromad bilan qoplanish darajasini ifodalaydi, yoki
Ko‘.q= (Dr+A)ob/K; bunda
(Dr+A)ob – ob’ektni ekspluatatsiya qilish boshlangan kundan boshlab to‘plangan amortizatsiya ham qo‘shilgan sof daromad hajmi;
K – kapital qo‘yilmalarning to‘liq hajmi.
Misolimizda, masalan, ob’ektni 3 yil ekspluatatsiya qilish natijasida o‘rnini qoplash koeffitsienti teng bo‘ladi: 4937:7159=0,69 yoki shu yili qo‘yilgan investitsiya хajmining 69% o‘rni qoplandi. Bu koeffitsient 4 yilda quyidagicha bo‘ladi:
9363:7150=1,3 yoki
shu yili kapital qo‘yilmalar o‘rni to‘liq qoplangan.
Tahlil jarayonida kapital qo‘yilmalarning amaldagi samaradorlik ko‘rsatkichlari investitsion loyihani tayyorlash paytida aniqlangan samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi. Bunda albatta solishtirilayotgan ko‘rsatkichlar bir хil uslubiyat asosida aniqlangan bo‘lishi shart.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin