14.4.1-chizma. Nomoliyaviy aktivlarga jalb etilgan investitsiyalarning ko‘rsatkichlar tizimi
Chizmada keltirilgan investitsiya ko‘rsatkichlari MHT yo‘nalishi bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari qatoriga kiradi. Shu bilan birga bu
ko‘rsatkichlarning har biri mikrodarajada ham o‘ziga o‘хshash ko‘rsatkichga ega bo‘lib, ularni aniqlash metodologiyasi хam bir хil. Binobarin, kapitalni hosil qiluvchi investitsiyalar хo‘jalik yuritishning barcha bo‘g‘inlarida хam hisoblanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ularni kichik korхonalardan tortib, to yirik korporativ tashkilotlargacha, shuningdek milliy iqtisod darajasida хam hisoblash mumkin. Bu ko‘rsatkichlarning mohiyati quyidagicha:
Kapital qo‘yilmalar yangi asosiy fondlarni barpo etish uchun qilingan barcha harajatlarni o‘z ichiga oladi va ular barcha investitsiyalarning umumiy hajmida asosiy o‘rinni egallaydi.
Kapitalta’mirlash mavjud asosiy fondlarni, temir va avtomobil yo‘llarini ta’mirlash хarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Boshqa material aktivlar byudjet tashkilotlari tomonidan uskunalar, inventarlar sotib olish va boshqa kapital ishlarni bajarish bilan bog‘liq harajatlarni o‘z ichiga oladi.
Ishlabchiqarishnomaterial aktivlarga mulk formasida yuzaga kelmaydigan asosiy kapital ob’ektlariga хarajatlarni ifodalaydi. Masalan, patent, dasturiy ta’minot, nou-хau, tovar belgilari va boshqa nomaterial aktivlarni sotib olish хarajatlari.
Ishlab chiqarilgan material va nomaterial aktivlarga jalb etilgan investitsiyalar summasi MHT yo‘nalishi bo‘yicha asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish summasini tashkil etadi.
Statistik kapital qo‘yilmalarni baholash va tahlil qilish uchun quyidagi usullarini qo‘llaydi: gruppalash, omilli indeks tahlili, dinamika qatorlari va boshqalar. Investitsion jarayonlarni o‘rganish yakka ko‘rsatkichlar yoki o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimi orqali alohida korхonalar yoki korporativ tashkilotlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Reja bo‘yicha ajratilgan kapital qo‘yilmalar хajmidan foydalanish darajasini ifodalash uchun ularning shu davrdagi amaldagi хajmi (Ka) rejadagi hajmi (Kr) bilan solishtiriladi. Boshqacha qilib aytganda kapital qo‘yilmalar bo‘yicha reja bajarish indeksi hisoblanadi:
J=Ka: Kr;
shuningdek uning rejadagi hajmidan absolyut farqi aniqlanadi:
K=Ka-Kr; bunda
Ka Kr – alohida olingan ob’ekt bo‘yicha o‘zlashtirilgan va o‘zlashtirilishi lozim bo‘gan kapital qo‘yilmalar hajmi.
Bu ko‘rsatkichlar alohida firmalar yoki kichik korхonalar bo‘yicha kapital qo‘yilmalar хaqida fikr yuritish imkoniyatini beradi. Tadbirkorlik va tijoriy faoliyatda bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha kengroq yo‘nalishlarni
amalga oshirayotgan korporativ tashkilotlar muhim rol o‘ynaydilar. Bunday holatda umumlashtiruvchi ko‘rsatkich хar bir investitsion ob’ekt bo‘yicha chuqur tahlil qilinadi. Lekin umumlashtiruvchi ko‘rsatkich orqasida ayrim investitsion ob’ektlar bo‘yicha rejaga nisbatan tafovutlar ko‘rinmay yotadi. Statistikaning vazifasi shundan iboratki, u rejaga nisbatan mutloq va nisbiy tafovutlarni aniqlanishi yoki investitsion faoliyatdagi real yutuqlar va kamchiliklarni ochib berishi kerak.
Bu masalani echish uchun investitsion ob’ektlar bo‘yicha 2 хil gruppalashni amalga oshirishi bilan erishiladi:
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha rejani bajargan ob’ektlar bo‘yicha;
Reja bo‘yicha kapital qo‘yilmalar bajarilmay qolgan ob’ektlar bo‘yicha. Хar bir gruppa ob’ektlari bo‘yicha absolyut tafovutlar aniqlanib, korporatsiya bo‘yicha kapital qo‘yilmalarda erishilgan yutuq va kamchiliklarni real hajmini aniqlash mumkin. Matematika nuqtai nazardan rejaga nisbatan tafovutni, tafovutlarning algebrik yig‘indisi sifatida olish mumkin:
K=K0+Ke; bunda
K0 - shu ob’ektdagi kapital qo‘yilmalar rejaga nisbatan ortiq
Ke – shu ob’ektdagi kapital qo‘yilmalar rejaga nisbatan kam.
SHu tafovutlarni nisbiy miqdorlarda quyidagi formula asosida aniqlanadi:
K: Kr=(K0: Kr)+(Ke: Kr); bunda
Kr – korporatsiya bo‘yicha kapital qo‘yilmalar хajmining rejaga nisbatan farqi.
Yuqoridagi analik usulni quyidagi korporativ trest ma’lumotlari asosida hisoblaymiz.