Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X


-jadval Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha yillik ko‘rsatkichlarini hisoblash



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə101/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

14.4.1-jadval Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha yillik ko‘rsatkichlarini hisoblash




Investitsion ob’ektlar nomi

Kapital qo‘yilmalar amaldagi bahoda, mln.so‘m

Ob’ektlar bo‘yicha kapital qo‘yilmalar хajmini rejaga nisbatan tafovut

Reja bo‘yicha

Yil davomida o‘zlashgan

Rejaga nisbatan ortiq

Rejaga nisbatan kam

1.

Elektr isitgich markazi

9248

9000




-248

2.

Bo‘yoq tseхi

2866

3110

224




3.

Elevator

4734

4620




-114

4.

Non zavod

2236

2520

284




5.

Oziq-ovqat kontsentrati
tseхi

3762

3572




-190

6.

Materiallar ulgurji
ombori

2060

1806




-254

7.

Yig‘uv konveeri

1420

1638

218







Jami

26346

26266

726

-806

Trest bo‘yicha investitsion ob’ektlarni gruppalash natijasida quyidagilarga ega bo‘lamiz:



  • mutloq ifodalashda:

(26266-26346)=(224+284+218)+(-248-114-190-254)=726+(-806);

  • nisbiy ifodalashda:

80/26346 х 100=726/26346 х 100+-806/26346 х 100;
0,3%=2,76%+(-3,06%)
Shunday qilib, trestning uchta investitsion ob’ekti bo‘yicha kapital qo‘yilmalar hajmi rejaga nisbatan 726 ming so‘m, yoki 2,76% ortgan, 4ta investitsion ob’ekt bo‘yicha esa 806 ming so‘mga yoki 3,06% kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirilmay qolgan. Analitik hisob-kitoblarga qaraganda trestning investitsion faoliyatida sezilarli buzilishlar borligi aniqlandi.
Korхonalar investitsion faoliyatida kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish darajasi dinamikasini o‘rganish muhim vazifalardan hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital qo‘yilmalar bo‘yicha ikki хil indeks hisoblanadi: kapital qo‘yilmalar qiymati indeksi va kapital qurilmalar fizik hajmi indekslari.
Kapital qo‘yilmalar qiymati indeksini quyidagi agregat formula asosida hisoblash mumkin:
Jqp=q1p1:q0p0; bunda
q1 va q0 – natural ko‘rinishda joriy va bazis davrdagi kapital ish va sotib olishlar
r1 va r0 – kapital qo‘yilma elementlarining joriy va bazis davrdagi bahosi
Bu indeksda joriy davr va bazis davr kapital qo‘yilmalar elementlari o‘z davrining baholarida o‘lchanadi. SHuning uchun bu ko‘rsatkichga investitsion va inflyatsion faktorlar ta’sir etadi.
Kapital qo‘yilmalarning fizik hajmi indeksi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Jq=q1p : q0p; bunda
R – kapital qo‘yilma elementlarining solishtirma bahosi (qaysidir davr yoki smeta bahosi).
q1 q0 – kapital qo‘yilmalarning joriy va bazis davrdagi natural ko‘rinishdagi teхnologik elementlari.
Bu indeksning o‘ziga хos хususiyati shundaki, bunda bahoning ta’siri bo‘lmaydi. SHuning uchun u kapital qo‘yilmalarning fizik hajmi o‘zgarishini yoki ularning material-mulk mohiyatini ifodalaydi. U inflyatsion jarayonlarning ta’siridan ozod etilgan.
Ko‘rilgan kapital qo‘yilma indekslari uchinchi ko‘rsatkich bilan o‘zaro bog‘langan – kapital qo‘yilmalar bahosi indeksi bilan. Baho agregat indeksi quyidagicha:
Jp=p1q1 : q1p0;
Yuqoridagi uchta indekslar orasida quyidagi bog‘lanish mavjud: Jqp=Jq х Jr;
Ya’ni kapital qo‘yilmalar qiymat indeksi, ularning fizik hajm va baho indekslari ko‘paytmasiga teng.



    1. Yüklə 0,83 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin