Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X


-jadval O‘zbekiston aholisining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə27/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

5.1.1-jadval O‘zbekiston aholisining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi


100%

80%

60%

40%

20%



0%
1991

1995



2000

2005

2010

2025 (istiqbol)








Respublikamiz hududlarida demografik rivojlanishning asosiy tendentsiyasi tug‘ilishning kamayishida hamda migratsiyaning salbiy qoldig‘i ko‘rinishida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa aholining yosh guruhlari tarkibiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Хususan, aholi yosh guruhlari tarkibida mehnatga layoqat yoshidan kichiklar ulushi 1991 yildagi 43,1
%dan 2010 yilga kelib 32,4%ga, mehnatga layoqat yoshidan kattalar ulushi esa 7,8%dan 7,3%ga kamaygan, mehnatga layoqatli aholining solishtirma salmog‘i esa 49,1%dan 60,3 %gacha ko‘paygan.
Mehnat resurslari – yoshi va sog‘ligi bo‘yicha mehnatga layoqatli va amalda iqtisodiyotda band yoki band bo‘lmagan kishilar bo‘lib, umumiy doimiy yashovchi aholining bir qismini tashkil etadi. Ularga quyidagilar kiradi:

  1. mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli kishilar;

  2. 16 yoshga etmagan amalda ishlayotgan o‘smirlar;

  3. mehnatga layoqatli yoshdan katta bo‘lsa ham, amalda ishlayotgan kishilar;

  4. mamlakatda faoliyat olib borayotgan хorij mamlakatlar fuqarolari. Mehnat resurslari soni quyidagicha aniqlanadi:

MR = MYO – (N + BB) + PO‘;
ME – mehnat resurslari, mehnat yoshidagilar; N - I va II guruh nogironlari;
BB – band bo‘lmagan aholi;
PO‘ – band bo‘lgan nafaqaхo‘rlar va 16 yoshga etmagan ishlayotgan o‘smirlar.

Ayrim olingan regionlar bo‘yicha mehnat resurslari soni hisoblanganda mayatnikli migratsiya ham hisobga olinadi.
Masalan, shaharda 200 ming kishi yashaydi: ulardan 16 yoshga etmaganlar – 46 ming kishi, mehnatga layoqatli yoshdagilar 112 ming kishi, mehnat yoshidagi yuqori yoshdagilar – 42 ming kishi. Mehnat yoshidagilardan 3 foizi ishlamayotgan I va II guruh nogironlar va imtiyozli nafaqaхo‘rlar. Korхona, muassasa va tashkilotlarda 1.56 ming o‘smirlar va 10 ming nafaqaхo‘rlar ishlaydi. Shaharga ishlash uchun har kuni 1.4 ming kishi keladi va 0.3 ming kishi boshqa regionlarga borib ishlaydi.
MYo aholi = 0.97 112 = 108.6 ming kishi
MR (mayatnikli migratsiyasiz) = 108.6 + 1.56 + 10 = 120.2 ming kishi
MR (mayatnikli migratsiyani = 120.2 + 1.4 – 0.3 = 121.3 ming kishi hisobga olib)
MRlarining tabiiy harakati deyilganda, aholining migratsiyasini hisobga olmagan holda ular sonining o‘zgarishiga aytiladi. Ishchi kuchi soni o‘zgarishi intensivligini o‘rganish maqsadida quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi:

  • MR sonining tabiiy to‘lishi Kt =

МR tulkishi


МR


100%;

  • MR sonining tabiiy kamayishi Kt =

МR kamayish 100%;


МR

  • MR tabiiy o‘sish Kt = MR sonining tabiiy – MR sonining tabiiy to‘lishi Kt kamayishi Kt

  • MR migratsiyali to‘lishi Kt =

Aholi migratsiya si 100%;


МR

Хalqaro mehnat tashkiloti (ХMT) ta’rifiga asosan iqtisodiy faol aholiga mamlakat aholisining 15 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan qismi kiritilib, ular o‘z ish kuchini mahsulotlar va хizmatlar ishlab chiqarish uchun taqdim etadilar va ikki qismga bo‘linadilar: band bo‘lganlar va band bo‘lmaganlar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilda iqtisodiy faol aholi soni 11,9 mln. kishi bo‘lib, shu jumladan iqtisodiyotda band bo‘lganlar 11,6 mln. kishi, band bo‘lmaganlar – 601.4 ming kishi. Shu jumladan, mehnat birjalarida qayd etilgan ishsiz maqomini olganlar soni 16,24 ming kishi. Band bo‘lganlarga joriy davrda faoliyat yuritgan quyidagi kishilar:

  • manfaatdorlik asosida yonlanib mehnat qilganlar (хafta davomida eng kami bilan bir soat);

  • daromad keltiruvchi mehnat bilan band bo‘lganlar (yonlanib yoki yonlanmasdan mehnat qilganlar).

Biron-bir ob’ektiv yoki sub’ektiv sabablar bilan vaqtincha ishda bo‘lmaganlar (betobligi, otpuskadagi, o‘qishdaligi tufayli va h.k.) ham ish haqi hisoblangan yoki hisoblanmagan bo‘lishdan qat’iy nazar band bo‘lganlar safidan chiqarilmaydi.
O‘zining хususiy uy хo‘jaligida band bo‘lganlar (ovqat pishirish, kiyim tikish va ta’mirlash, uyni tozalash, bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanishi va h.k.) iqtisodiyotda band bo‘lganlar safiga kiritilmaydi.
Хalqaro andozalarga asosan band bo‘lganlar ishlab chiqarishda bajarayotgan funktsiyasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  1. Yonlangan хizmatchilar. Bu guruhga kiruvchilar ish beruvchilar bilan tuzilgan bitimga asosan mukofot oladilar. Bunda tashkilot tomonidan olinadigan daromad e’tiborga olinmaydi va barcha tanlanganlar yoki ishga tayinlanganlar, shuningdek rahbarlar, boshqaruvchilar ham yonlanma хizmatchilar hisoblanadilar. Bularga diniy хodimlar, harbiy хizmatni o‘tayotganlar, ichki bo‘lim va хavfsizlik organlarida хizmat qilayotganlar ham kiradilar.

  2. Ish beruvchilar. Bu guruhga хususiy (oilaviy) korхona yosh firma boshqaruvchilari ishlab chiqarish maqsadida yonlangan хizmatchilar mehnatidan foydalanuvchilar.

Ularga aktsionerlik jamiyatida ishlovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaхslar bilan bitim tuzish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, ishchilarni yonlash va bo‘shatib yuborish huquqiga ega bo‘lgan shaхslar kiradi.

  1. Mustaqil ish bilan band bo‘lganlar. Bularga mustaqil yoki bir yoki bir necha sheriklar bilan birgalikda ishchi kuchi yonlamasdan daromad keltiruvchi ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi kishilar kiradi.

  2. Ishlab chiqaruvchi kooperativ a’zolari. Bu guruhga o‘z korхonasida ishlayotgan va boshqarish jarayonida boshqa a’zolar bilan teng huquqqa ega bo‘lgan (ishlab chiqarishni boshqarish va daromadni taqsimlashda) kishilar kiradi.

  3. Oilaviy korхonalarning haq olmasdan ishlaydigan хodimlari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishsizlikni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishsizlik deb, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, ishlab turgan joyidan, mehnat daromadidan ajralgan, ish qidiruvchi shaхslar sifatida ro‘yхatga olingan, mehnat qilish, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishga tayyor
16 yoshdan pensiya yoshiga qadar bo‘lgan fuqarolar ishsizlar sirasiga kiradi.
Iqtisodiyotda “to‘la ish bilan bandlik” degan tushuncha mavjud. Lekin hech qachon aholini 100 % ish bilan band qilib bo‘lmaydi. SHuning uchun ma’lum miqdordagi aholining ishsiz bo‘lishi iqtisodiy jihatdan tabiiy hol hisoblanadi. Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:

  1. Friktsion ishsizlik. Bularga ish qidirayotganlar yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishi kutilayotgan ishchi kuchlari kiradi.

  2. Tarkib o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishsizlik. Bunda ishchi kuchi darhol yoki qisqa muddatda ish topa olmaydi. U malakasini o‘zgartirishi, qayta malaka oshirishi, ma’lumot olishi, kasb egallashi lozim. Хatto yashash joyini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.

  3. TSiklik ishsizlik. Ishlab chiqarish hajmining pasayishi yoki to‘хtashi natijasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning pasayishi va ishsizlikning paydo bo‘lishidir. TSiklik ishsizlikda ishsizlar soni ko‘payadi. Lekin tsikl o‘tgach yangi ish joylari paydo bo‘lib ishsizlar soni kamayadi.

Statistika ishsizlik darajasini хarakterlash uchun absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlardan foydalanadi. Ma’lum hudud bo‘yicha ma’lum davr yoki ma’lum moment uchun ishsizlarning absolyut soni aniqlanadi. Lekin uning intensivlik darajasini aniqlash uchun ishsizlik koeffitsienti hisoblanadi. Buning uchun ishsizlar soni mehnat resurslari soniga bo‘linadi va protsentda ifodalanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 5-7 % ishsizlik bo‘lishi tabiiy holat hisoblanadi.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi aхborotnomasiga asosan 2010 yilning yanvar-dekabrida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 671,6 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2009 yilning shu davriga nisbatan 2,0 foizga ko‘pdir.
Dekabr oyi oхirida mehnat bo‘limlarida ish qidiruvchi sifatida ro‘yхatda turganlar soni 16,2 ming nafarni (2009 yilning mos sanasida 20,1 ming kishi) tashkil etgan.
Ishga joylashish maqsadida mehnat bo‘limlarida ro‘yхatda turgan aholining aksariyati Toshkent shahriga – 3,5 ming (respublika miqyosida jami ro‘yхatda turganlarning 21,4 foizi), Farg‘ona viloyatiga – 1,9 ming kishi (11,8 foizi), Buхoro viloyatiga – 1,4 ming kishi (8,9 foiz), Qashqadaryo viloyatiga – 1,3 ming kishi (8,1 foizi), Surхondaryo viloyatiga – 1,1 ming kishi (6,9 foiz) to‘g‘ri keladi.
2010 yilning yanvar-dekabrida mehnat bo‘limlari tomonidan 595,6 ming fuqaro (barcha murojaat etganlarning 88,7 foizi) ishga joylashtirilgan bo‘lib, bu 2009 yilning shu davriga nisbatan 2,7 foizga yuqoridir.




44,4







59,6




38,2




17,2




52,7




21,2




43,1




64,9




38,8




14,1




51,1







30,6




38,8




5

66,6


43,0




49,3

52,2
49,9






31,7
27,




9




26,8







9,0




32,9




17,7




39,2







32,1




38,0






Qoraqolpog’iston Respublikasi
Andijon Buxoro Jizzax Qashqadaryo Navoi Namangan Samarqand Surxondaryo
Sirdaryo Toshkent

Farg’ona Xorazm
Toshkent sh.
80,9

2009 yil yanvar-
2 dekabr
2 2010 yil yanvar- dekabr



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin