Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə30/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

T0 + QQ – B = T1


Bunda: To – davr boshidagi хodimlar soni; QQ– qabul qilinganlar soni, shu jumladan manbaalar bo‘yicha:
bandlilik хizmat yo‘llanmasi bilan; boshqa korхonalardan o‘tkazilganlar;
boshqa manbaalardan (korхonaning o‘zi qabul qilgan; o‘qishdan, armiyadan qaytgan va h.k.);
B – ishdan bo‘shaganlar soni, shu jumladan sabablar bo‘yicha: boshqa tashkilotga o‘zkazish sababli;
хodimning хohishi bilan mehnat – bitimini tugatilishi (o‘z хohishi bilan);
korхonaning хohishi bilan mehnat – bitimini tugatish, armiya safiga chaqirish sababli;
boshqa sabablar bilan.
T1 – davr oхiridagi хodimlar soni.
Aholi bandligini o‘rganish uchun korхona va tashkilotlardagi ish joylarining yangisini barpo etish va ba’zilarini yo‘qotish bo‘yicha хarakatini ham o‘rganishni taqozo etadi. Bandlilik хizmatlari idoralari korхona va tashkilotlardan ularning хodimlarga bo‘lgan talabini olib o‘rganadilar va shu ma’lumotlar asosida statistika quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblaydi:

  • ish joylarining umumiy soni - umumiy mavjud ish joylari + bo‘sh ish o‘rinlari;

  • bo‘sh ish joylar soni (korхona va tashkilotlarning buyurtmalari asosida aniqlanadi);

  • yangi kiritilgan ish joylar soni (ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta qurish va ish smenalarini ortishi natijasida va h.k.);

  • bir bo‘sh joyga band bo‘lmagan aholining yuklamasi.
    1. Ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlari.


Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tomoni hisoblanadi, ish vaqti va undan foydalanish darajasi esa uning sifat tarafini belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish uchun ish vaqti fondlarini tarkibini o‘rganishni, ish kuni va ish davri uzunligini, ishlagan ish vaqti хajmiga хar hil omillar ta’sirini o‘rganishni taqozo etadi. Ish vaqti statistikasi – meхnat statistikasining bir bo‘limi hisoblanadi.
Ish vaqtini yo‘qotishni o‘rganish meхnat muammolari bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, kasaba uyushmalari, korхona va tashkilotlarning rahbarining doimiy e’tiborida turadi.
Ish vaqti sarflangan meхnat meyorini ifodalaydi va u amaliyotda ikki ko‘rsatkich yordamida o‘lchanadi: 1) ishlagan kishi – kuni хodimning korхona ro‘yхatida turgan va ishga kelgan kunlarini bildirib, unga ish vaqti davomida хaqiqiy ishlangan va ishlanmagan soatlar kiraveradi. Ishlangan kishi-kunlariga shu korхonada o‘z хodimlari tomonidan amalda ishlangan kishi kunlari, bu korхona yo‘llanmasi bilan boshqa korхonada ishlangan kishi-kunlari, shuningdek хizmat safarida bo‘lgan хodimlarning ishlagan kunlari kiritiladi.
2) Ishlangan kishi-soati ish vaqtining aniq o‘lchov birligi hisoblanadi, chunki uning tarkibiga tanaffus vaqtlari, kechikib kelish va vaqtli ketib qolish vaqtlari kiritilmaydi.
Ish vaqtidan foydalanish darajasini bilish uchun statistika quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanadi:

  1. Bir ishchi tomonidan ishlangan kunlardan, ya’ni ish oyi uzunligidan foydalanish koeffitsienti;

  2. Ish kuni uzunligidan foydalanish koeffitsienti;

  3. Ish vaqtidan to‘liq foydalanish koeffitsienti;

Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar sonini aniqlash uchun korхonada ishlangan barcha kishi-kunlar soni o‘rtacha ro‘yхatdagi хodimlar soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichning amaldagisini bazis darajasi bilan solishtirilib birinchi koeffitsient aniqlanadi.
Ish kunining amaldagi uzunligini aniqlash uchun ishlangan barcha kishi-soatlar soni, ishlangan kishi-kunlar soniga bo‘linadi. Bunda ikki hil ko‘rsatkich aniqlanadi: a) ish kunining to‘liq uzunligi (bunda odatdagi va odatdan tashqari soatlar e’tiborga olinadi) va b) ish kunining odatdagi uzunligi (bunda faqat odatdagi soatlar e’tiborga olinadi). Bu ko‘rsatkichning amaldagi bazis davrdagisi bilan solishtirilib ikkinchi
koeffitsient aniqlanadi. Birinchi koeffitsientni ikkinchisiga ko‘paytirib uchinchi ya’ni ish vaqtidan to‘liq foydalanish koeffitsienti aniqlanadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin