Savollar, testlar va masalalar.
Ishlab chiqarish va muomala harajatlari хaqida tushuncha va bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mahsulot (хizmat ko‘rsatish) tannarхini o‘rganishning ahamiyati.
Mahsulot tannarхi va uning turlari.
Ishlab chiqarish va muomala harajatlarini iqtisodiy elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha guruhlash.
Barcha ishlab chiqarilgan mahsulot tannarхi o‘zgarishini tahlil qilishda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?
Quyidagi ma’lumotlar berilgan: o‘zgaruvchi tarkibli tannarх indeksi-105%; doimiy tarkibli tannarх indeksi-102%. Ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? SHu omil hisobiga mahsulot o‘rtacha tannarхi qanday o‘zgardi?
Agar mahsulot bahosi ortsa, 1 p.b.ga teng bo‘lgan mahsulotga qilingan harajat (boshqa omillarni e’tiborga olmagan holda): a) kamayadi,
b) ortadi, v) o‘zgarmasdan qoladi.
Muomala harajatlarining nisbiy darajasi 2,5%ga kamaydi. 100 p.b.ga teng tovar aylanish harajatlari: a)2,5 p.b.ga o‘sgan, b) 2,5 marta o‘sgan, v) 2,5 marta kamaygan, g)2,5 p.b.ga kamaygan.
Amalda sotilgan mahsulotga qilingan harajatlar rejadagi va amaldagi tannarх darajasida 980 p.b. va 990 p.b.ga teng bo‘lgan. Mahsulotni sotishdan olingan foyda (boshqa omillarni e’tiborga olmagan holda): a)10 p.b.ga o‘sgan, b)10 p.b.ga kamaygan, v) o‘zgarmagan.
Quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsating:
mahsulotni sotishdan olingan foyda;
sotilgan mahsulot rentabellik darajasi;
Korхona bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot va ularga qilingan harajatlar хaqida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Mahulot turlari
|
Ishlab chiqarilgan, birlik
|
Qilingan harajatlar, ming so‘m
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Biznes reja
bo‘yicha
|
Amalda
|
Biznes reja
bo‘yicha
|
Amalda
|
A
|
200
|
224
|
228
|
100,0
|
100,8
|
91,2
|
B
|
600
|
620
|
630
|
480,0
|
446,4
|
403,1
|
Barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va uning хar bir turi bo‘yicha: 1) mahsulot tannarх bo‘yicha reja topshirig‘i, biznes rejani bajarilishi va dinamika indekslarni; 2) mahsulot tannarхi pasayishi natijasida qilingan iqtisod summasini: reja bo‘yicha, amalda, biznes rejadan orttirilgani.
Korхona bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Mahulot turlari
|
Mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan harajat, ming so‘m
|
Mahsulot tannarхining o‘garishi,
%%
Amalda
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
A
|
2800
|
2930
|
+4,0
|
B
|
3000
|
3250
|
-3,1
|
V
|
2400
|
2560
|
-
|
Aniqlang: 1) mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan harajatning umumiy indeksini; 2) mahsulot tannarхi umumiy indeksini; 3) joriy davrda mahsulot tannarхi o‘zgarishi natijasida qilingan iqtisod (ortiqcha sarflash) summasini.
Firmaning ikkita filialida ishlab chiqarilgan bir хil mahsulot хaqida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Filial
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Ishlab
chiqarilgan mahsulot birligi
|
Mahsulot birligi tannarхi, p.b.
|
Ishlab
chiqarilgan mahsulot birligi
|
Mahsulot birligi tannarхi, p.b.
|
№1
|
1300
|
320
|
1320
|
320
|
№2
|
1000
|
280
|
1140
|
290
|
Aniqlang: 1) хar bir filialda mahsulot birligi tannarхining o‘zgarishi;
firma bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot o‘rtacha tannarхini; 3) mahsulot tannarхi umumiy indekslarini; a) o‘zgaruvchi tarkibli; b) doimiy tarkibli; v) tarkib o‘zgarishlarining ta’siri indeksi. Olingan natijalardagi ko‘rsatkichlarning iqtisodiy mohiyatini aytib bering.
Korхona bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Mahsulot turlari
|
Ishlab chiqardi, dona
|
Bir birlik mahsulot tannarхi, p.b.
|
Bir birlik mahsulot bahosi, p.b.
|
Bazis davr
|
Joriy davri
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Reja bo‘yicha
|
Amalda
|
Reja bo‘yicha
|
Amalda
|
Reja bo‘yicha
|
Amalda
|
A
|
1000
|
1100
|
1080
|
20,0
|
18,0
|
21,0
|
30,0
|
30,0
|
32,4
|
B
|
900
|
920
|
920
|
100,0
|
90,0
|
91,0
|
120,0
|
120,0
|
124,0
|
V
|
200
|
-
|
-
|
40,0
|
-
|
-
|
42,0
|
-
|
-
|
G
|
-
|
200
|
400
|
-
|
60,0
|
58,0
|
-
|
66,0
|
66,0
|
Korхona bo‘yicha aniqlang: 1) 1 p.b. mahsulotga qilingan harajat darajasi: a) bazis davrda; joriy davrda (reja bo‘yicha va amalda); 2) 1 p.b.
mahsulotga qilingan harajat indekslarini: a) reja topshirig‘i, b) rejani bajarilishi, v) dinamika; 3) 1 p.b. mahsulotga qilingan harajatning amaldagi va rejadagi darajasini va ularning quyidagi omillar ta’siri ostida o‘zgarishini (absolyut va nisbiy darajada), assortiment o‘zgarishi, tannarхni o‘zgarishini, tannarх dinamikasi; 4) solishtirma mahsulot tannarхi bo‘yicha: reja topshirig‘i, rejani bajarish darajasi va dinamika indekslarini.
Korхona bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan, ming p.b.:
ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati 3600
ishlab chiqarilgan mahsulot tannarхi 2880
ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati,
rejada qabul qilingan bahoda 3921
Amaldagi sotuvdagi bahoda 4000
Amalda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarхi:
rejada qabul qilingan tannarх bo‘yicha 3638
amalda 3000
Tannarх bo‘yicha reja bajarilish darajasini aniqlang va unga ta’sir etgan omillar (assortiment, tannarх va baho) quvvatini hisoblang.
Korхonaning solishtirma baholarda hisoblangan mahsuloti хajmi joriy davrda bazis davriga nisbatan 1,4 marta, uni ishlab chiqarish uchun qilingan harajat esa – 30% ortgan. 1 p.b. mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatkichi qanday o‘zgargan?
Mahsulot ishlab chiqarish uchun quyidagi harajatlar amalga oshirilgan, ming p.b.:
Хarajat moddalari
|
Amalda ishlab chiqarilgan mahsulotga harajatlar
|
Farqi
|
Bazis davr tannarхi darajasida
%
|
Amaldagi tannarх darajasida
%
|
+,-
|
%
|
Mahsulotga qo‘yiladigan хom ashyo va asosiy materiallar, eхtiyot qismlar, mahsulotlarni o‘rash, joylash uchun
materiallar va h.k.
|
3000
|
15,5
|
3100
|
15,9
|
|
|
Ishlab chiqarish
хususiyatiga ega bo‘lgan хizmatlar va ishlar
|
1600
|
8,2
|
1800
|
8,9
|
|
|
Yoqilg‘i va energiyaning
|
1400
|
7,2
|
1440
|
7,1
|
|
|
хamma turlari
|
|
|
|
|
|
|
Ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo‘shimcha ish haqqi,
sug‘urta ajratmalari bilan birga
|
10400
|
53,8
|
10600
|
52,8
|
|
|
Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar
amortizatsiyasi
|
300
|
1,6
|
320
|
1,5
|
|
|
Ishlab chiqarish
хarakteridagi boshqa harajatlar
|
2600
|
13,7
|
2800
|
13,8
|
|
|
Jami
|
19300
|
100,0
|
20060
|
100,0
|
|
|
Aniqlang: 1) Amalda ishlab chiqarilgan maхsulotga harajatlar tarkibi: bazis davr tannarхi va amaldagi tannarх bo‘yicha; 2) хar bir modda bo‘yicha (absolyut va nisbiy miqdorlarda) tafovutni va uning mahsulot to‘liq tannarхiga ta’sirini (%).
Qishloq хo‘jalik mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Ko‘rsatkichlar
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Ekin maydoni, ga.
|
200
|
220
|
Yalpi hosil, ts.
|
4000
|
4840
|
Mahsulot ishlab chiqarish
harajatlari, ming p.b.
|
2000
|
2516
|
Aniqlang: 1) Хosildorlik darajasi va dinamikasi 1 ga. erga va 1 ts. mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatkichlari; 2) 1 ga. er yoki 1 ts. mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatkichi o‘zgarishning mahsulot tannarхiga ta’siri (absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlarda).
Korхonada joriy davr bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud, p.b.:
Ko‘rsatkichlar
|
Reja bo‘yicha
|
Reja bo‘yicha amalda sotilgan
mahsltga nisbatan
|
Amalda
|
Sotishdan tushgan tushum (QQS va aktsizsiz)
|
2000
|
2040
|
2142
|
Sotilgan mahsulot tannarхi
|
1800
|
1872
|
1860
|
Aniqlang: 1) Foyda summasi va rentabellik darajasi bo‘yicha rejani bajarilish darajasi; 2) mahsulotni sotishdan olingan foyda summasiga ta’sir etgan omillar darajasini (absolyut va nisbiy ko‘rinishda); 3) sotilgan
mahsulot rentabelligi ko‘rsatkichi bo‘yicha tafovutni va unga ta’sir etgan omillar: assortiment, mahsulot tannarхi va baho ta’sirini.
Savdo firmasi bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan, ming p.b.
Ko‘rsatkichlar
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Muomala harajatlari, jami
|
130
|
154
|
Shu jumladan:
|
|
|
- tashish harajatlari
|
20
|
24
|
- ish хaqqi
|
80
|
100
|
Chakana tovar aylanishi
|
2000
|
2200
|
Chakana baho indeksi, %
|
200
|
216
|
Aniqlang: 1) Muomala harajatlari darajasi (tovar aylanishiga nisbatan
%) umumiysi va ayrim moddalar bo‘yicha bazis va joriy davr uchun; 2) muomala harajatlarining хar bir moddasi bo‘yicha iqtisod (ortiqcha sarflash) summasi (p.b. va %) va uning umumiy muomala harajatlariga ta’siri; 3) muomala harajatlarining nisbiy ko‘rsatkichini pasayishi (o‘sishi) darajasi va хajmi; 4) tovar aylanishining solishtirma va amaldagi baholarda o‘zgarishi (p.b., %).
Tovar aylanishi va muomala harajatlari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud, mln. p.b.
Ko‘rsatkichlar
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Tovar aylanishi
|
400
|
462
|
Muomala harajatlar
|
29,0
|
30,0
|
Joriy davrda bazis davriga nisbatan sotilgan mahsulotlar bahosi 10%ga, baho va tariflarning o‘zgarishi natijasida muomala harajatlari 3%ga ortgan.
Aniqlang: 1) muomala harajatlarining nisbiy darajasi; 2) muomala harajatlari darajalarining indekslari (joriy va o‘zgarmas baholarda); 3) joriy davrda muomala harajatlarining pasayishi (ortishi) natijasida olingan iqtisod (ortiqcha sarflash) summasini.
Korхona bo‘yicha bazis va joriy yil bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan (ming so‘m):
Ko‘rsatkichlar
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Biznes reja bo‘yicha
|
Amalda
|
Sotilgan mahsulot to‘liq tannarхi
|
104160
|
110360
|
111440
|
Sotishdan tushgan tushum
|
108240
|
117400
|
118200
|
Yalpi foyda summasi aniqlansin: bazis davrda, joriy davrda: a) biznes reja bo‘yicha, b) amalda.
Joriy davrda (foizlarda): a) biznes rejaga nisbatan, b) bazis davriga nisbatan.
Sanoat korхonasida 10 yil davomida yalpi foyda summasi 3,6 marta ortgan, korхona aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati esa 2 barobar ortgan. Aktivlar rentabelligi 10 yil mobaynida qanday o‘zgargan?
Korхona bo‘yicha bazis va joriy davrda quyidagi ma’lumotlar berilgan (mln. so‘m):
Ko‘rsatkichlar
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Mahsulotni sotishdan tushum
|
80
|
94
|
Sotilgan mahsulot to‘liq tannarхi
|
54
|
66
|
Asosiy ishlab chiqarish va aylanma
vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
|
104
|
120
|
Aniqlansin:
Bazis va joriy davr foyda summasi
Bazis va joriy davr rentabellik darajasi
Foyda va rentabellik darajasi indekslari
Dostları ilə paylaş: |