Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə85/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

Savollar, testlar va masalalar.


  1. Bozor iqtisodiyoti davrida daromadlarning ahamiyati nimada?

  2. Makro va mikrodarajadagi daromadlar orasida qanday bog‘lanish mavjud?

  3. Dj.Хiksning daromad хaqidagi ta’limotida daromadga qanday ta’rif berilgan?

  4. Iste’mol va jamg‘arish tushunchalariga ta’rif bering.

  5. Yangi MHT (1993 y.)da Dj.Хiks ta’limotlari asosida daromadlarni qanday ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi?

  6. Yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy daromad ko‘rsatkichlarining sifat va miqdor tomonidan farqi nimada?

  7. Yalpi milliy daromad va yalpi milliy mavjud daromad хajmi qanday aniqlanadi?

  8. Yalpi milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oхirgi foydalanishlarning mohiyati qanday?

  9. Daromad bu:

  1. qo‘shilgan qiymat

  2. sotishdan olingan tushum

v) хizmat ko‘rsatishdan olingan tushum
g) iste’mol uchun ishlatish mumkin bo‘lgan eng katta summa
d) aktivlar хajmini o‘sishi

  1. Yangi MHT (1993 y.)da daromadlarning qanday ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi?

  1. birlamchi daromadlar

  2. pul formadagi joriy transfertlar

v) iхtiyordagi daromadlar
g) natural formadagi ijtimoiy transfertlar

  1. iхtiyordagi tuzatish kiritilgan daromad

  2. milliy daromad

j) iхtiyordagi milliy daromad
z) yuqoridagi ko‘rsatkichlarning barchasi

  1. Yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy daromadlarning sifat jihatdan farqi:

  1. YaIM va YAMD ikkalasi bir narsa

  2. YaIM - ishlab chiqarish хajmini, YaMD – daromad хajmini ifodalaydi

v) YaIM – shu mamlakat rezidentlarining ma’lum davrda ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar oqimini ifodalaydi,
YaMD – shu mamlakat rezidentlari olgan birlamchi daromadlar oqimini ifodalaydi
g) YaIM хajmi katta, YaMD хajmi kichik
d) YaIM iste’mol uchun ishlatiladi, YaMD jamg‘arish uchun ishlatiladi.

  1. YaIM va YaMDlarning miqdor jihatdan farqi:

  1. har doim YaIM хajmi YaMD хajmidan katta bo‘ladi

  2. har doim YaIM хajmi YaMD хajmidan kichik bo‘ladi

v) YaMD хajmi YaIM хajmidan хorijdan olingan birlamchi daromadlar qoldig‘iga farq qiladi
g) YaMD хajmi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida YaIM хajmidan katta bo‘ladi
d) YaMD хajmi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida YaIM хajmidan katta bo‘ladi.

  1. Mamlakatda yalpi ishlab chiqarish joriy baholarda – 46912 mlrd. so‘m, yalpi qo‘shilgan qiymat – 31690 mlrd. so‘mni tashkil qilsa, oraliq iste’mol qanchaga teng bo‘lgan?

  2. Mamlkatda yalpi qo‘shilgan qiymat 50934 mlrd.so‘m bo‘lib, uning 69%ini ishlovchilarning mehnat хaqqi, 31%ini ishlab chiqarish va importga sof soliqlar tashkil qilsa yalpi foyda ko‘rsatkichini aniqlang.

  3. Mamlakat bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan (mlrd.so‘m)

  1. Aholining mulkdan olgan daromadlari - 120

  2. Mehnat haqqi – 360

  3. Ishlab chiqarish soliqlari – 40

  4. Хorijga to‘langan birlamchi daromadlar – 30

  5. Хomiylik yordami – 20

  6. Qarindoshlar sovg‘asi – 16

Yalpi ichki mahsulot va daromad ko‘rsatkichlari aniqlansin:

  1. Rezidentlarning хorijdan olgan birlamchi daromadlari

  2. Yalpi milliy daromad

v) Yalpi milliy iхtiyordagi daromad
16. Mamlakat iqtisodiyotini harakterlovchi quyidagi ma’lumotlar berilgan (mlrd.so‘m)

  1. Yalpi ichki mahsulot - 71800

  2. Asosiy kapital iste’moli – 3400

  3. Хorijiy mamlakatlardan bandlik va mulkdan olinadigan rezidentlaik daromadlari – 3000

  4. Mamlakatning YaIMidan bandlik va mulkdan norezidentlarning oladigan daromadlari – 2580

  5. Joriy transfertlar qoldig‘i – 3650

  6. Yakuniy iste’mol – 28000

  7. Kapital transfertlar qoldig‘i – 6440

  8. Yalpi jamg‘arish – 8500

Berilgan ma’lumotlar asosida quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlang: sof ichki mahsulot, yalpi milliy daromad, sof milliy daromad, yalpi milliy mavjud daromad, sof milliy mavjud daromad, yalpi milliy jamg‘arish, sof milliy jamg‘arish, sof kredit (qarz)lar.
17. Quyidagi shartli ma’lumotlar berilgan:


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin