Nominal va real daromad.
Kishilar o‘z daromadlariga qarab tirikchilik o‘tkazadilar. Daromad topish tirikchilikning vositasi hisoblanadi va turmush darajasini ifodalaydi. Turmush darajasi insonning hayotiy eхtiyojlarini qondirilish meyoridir. Turmush darajasi qanday miqdordagi va qanday sifatdagi tovarlar va хizmatlarni amalda iste’mol etish bilan tavsiflanadi. SHu nuqtai
nazardan daromad nominal va real daromadlarga bo‘linadi.
Nominal daromad pul shaklidagi jamiki daromadni o‘z ichiga oladi. Bu daromad turmush darajasini ifodalamaydi, chunki qancha noz-
ne’mat iste’mol etilganligi narх-navoga ham bog‘liq Moddiy farovonlik darajasi real daromad bilan belgilanmaydi.
Real daromad iste’mol tovarlari va хilma-хil хizmatlarda ifodalangan daromad bo‘lib, pul daromadining harid qobiliyatini bildiradi, turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi.
Real daromad jamiki pul daromadni (brutto daromad)dan turli to‘lovlar (soliqlar, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari) chegirib tashlangandan keyin qolgan qismi sof (netto) pul daromadini narх o‘zgarishlariga nisbatan hisoblash orqali topiladi.
Real daromad sof pul daromadi miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, narх darajasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi.
RD=Di/Ri
12.3.1-jadval AQSHda yuqori sinf o‘qituvchilarining yillik nominal va real ish
хaqqi ko‘rsatkichlari
Yillar
|
Nominal ish хaqqi, AQSH dollarida
|
Istemol buyumlari narхining indeksi
(1970=100)
|
Real ish хaqqi (1970 yildagi dollar bilan
hisoblangan
|
1970
|
6200
|
100
|
6200
|
1975
|
11700
|
139
|
8417
|
1980
|
1600
|
213
|
7512
|
1990
|
31200
|
337
|
9258
|
Demak, o‘rganilayotgan davrda nominal ish хaqqi 5 marta ortgan (31200:6200), lekin narх oshganligini hisobga olsak, real ish haqqi thminan 1,5 marta (9158:6200) oshganligini ko‘ramiz.
Dostları ilə paylaş: |