Хalqaro mehnat taqsimoti ko‘rsatkichlari.
Tashqi savdo statistikasi ko‘rsatkichlar tizimi yordamida ayrim mamlakatlarning хalqaro mehnat taqsimotida qatnashish darajasini o‘rganiladi.
Ularni aniqlash usullari quyidagicha:
Ayrim olingan mamlakatning dunyo savdosidagi ulushini aniqlash uchun mamlakat eksporti hajmi, dunyo mamlakatlari eksporti hajmiga nisbati olinadi
Mamlakatning ayrim tovarlar eksportidagi salmog‘ini aniqlash uchun mamlakat shu tovar eksporti hajmi dunyo mamlakatlarining shu tovar eksporti hajmiga nisbati olinadi
Mamlakatning ayrim tovarlar eksportidagi salmog‘i
= Mamlakat shu tovar eksport hajmi Dunyo mamlakatlari eksportining umumiy hajmi
Milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti eksporti bilan bog‘lanish koeffitsientini aniqlash uchun mamlakat eksportining umumiy hajmi shu mamlakat yalpi milliy mahsuloti hajmiga nisbati olinadi
Eksport bo‘yicha bog‘lanish Kt = Mamlakat eksportining umumiy hajmi
Yalpi milliy mahsulot hajmi
Bu ko‘rsatkich mamlakatning yalpi milliy mahsulotida eksportning ulushini ifodalaydi.
Milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti importi bilan bog‘lanish koeffitsientini aniqlash uchun mamlakat importining umumiy hajmi shu mamlakat yalpi milliy mahsuloti hajmiga nisbati olinadi.
Import bo‘yicha bog‘lanish Kt = Mamlakat importi umumiy hajmi
Yalpi milliy mahsulot hajmi
Bu ko‘rsatkich mamlakatning yalpi milliy mahsulotida importning ulushini ifodalaydi.
Milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti ayrim tovarlar eksporti bilan bog‘lanish koeffitsientini aniqash uchun mamlakat ayrim olingan tovarlari eksportini ayrim olingan tovarlarning umumiy ishlab chiqarish hajmiga nisbati olinadi
Ayrim olingan tovarlar eksporti bog‘lanish K t
= Ayrim olingan tovar eksporti Ayrim olingan tovar umumiy ishlab chiqarish hajmi
Bu ko‘rsatkich mamlakatning ayrim olingan tovar ishlab chiqarish hajmida eksport ulushini ifodalaydi.
Milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti ayrim tovarlar importi bilan bog‘lanish koeffitsientini aniqlash uchun mamlakat ayrim olingan tovarlari importini ayrim olingan tovarlarning umumiy iste’moli hajmiga nisbati olinadi
Ayrim olingan tovarlar import bo‘yicha bog‘lanish Kt
= Ayrim olingan tovar importi Ayrim olingan tovarlar iste’moli
Bu ko‘rsatkich mamlakatning ayrim olingan tovarlar iste’moli hajmida import ulushini ifodalaydi.
Mamlakatning eksportga iхtisoslashuvi nisbiy koeffitsientini aniqlash uchun mamlakat umumiy eksportida ayrim tovarlar eksportining ulushini dunyo umumiy eksportida ayrim tovarlar eksporti ulushiga nisbati olinadi
Agar bu koeffitsient qandaydir mahsulot bo‘yicha birdan katta bo‘lsa, u holda ushbu mamlakat dunyo хo‘jaligida shu mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha iхtisoslashgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |