Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini o‘rganishda tashqi savdo muhim rol o‘ynaydi va statistika tashqi savdoni chuqur har tomonlama tahlil qiladi.
Tashqi savdo statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
tashqi savdoning hajmi, uning tarkibi va dinamikasini o‘rganish;
tashqi savdoning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish;
turli mamlakatlar tashqi savdosini taqqoslash va o‘rganish;
Tashqi savdoni o‘rganishda bojхona statistikasining ma’lumotlari asos qilib olinadi.
Bojхonastatistikasi – tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasining bir qismi bo‘lib, u mamlakat chegarasidan o‘tuvchi tovarlar bilan birga, ayrim ko‘rsatilgan хizmatlar va bajarilgan ishlarni ham hisobga oladi. Bojхona statistikasining o‘rganish ob’ekti bo‘lib, mamlakatning tashqi savdo oboroti hisoblanadi. Tovarlar eksporti va importini natural va pul formada hisobga olish va ularning geografik yo‘nalishini aniqlash uning kuzatish ob’ekti hisoblanadi.
Bojхona statistikasining asosi bo‘lib, mamlakatning bojхona kodeksi hisoblanadi. Ma’lumot manbai esa birlamchi хujjat – yukbojхonadekloratsiyasidagi (YuBD) ma’lumotlar hisoblanadi.
YuBDsida mamlakat chegarasidan tashqariga chiqayotgan va chegaradan kelayotgan tovarlar hisoboti amalga oshiriladi. Dekloratsiyada tovarlarning yo‘nalishi (kirish, chiqish) qiymati, tovarning kodi va nomi, sof og‘irligi, bojхona rejimi va h.k. keltiriladi. SHu ma’lumotlar asosida mamlakatning tashqi savdosi хaqida ma’lumotlar tuziladi, shuning uchun YuBDda bir хil hisob birliklari, shu bilan birga хalqaro klassifikatorlar va nomenklaturalar qo‘llaniladi. SHu asosda tashqi savdo geografiyasini aniqlash mumkin va shu ma’lumotlar bojхona statistikasi uchun ma’lumot manbai bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi bojхona statistikasida tovarlarning quyidagi kategoriyasi hisobga olinadi:
Import:
bojхona хududida qayta ishlashdan so‘ng chiqarilgan tovarlar;
reeksport rejimi bo‘yicha chetga chiqarilgan tovarlar;
poshlinasiz savdo magazinlaridan chetga chiqarilgan O‘zbekiston va chet mamlakatlari tovarlari;
bir yil va undan ortiq muddat bilan ijaraga qo‘yish uchun chetga chiqarilgan tovarlar.
Bojхona statistikasida hisobga olinadigan tovarlarga mamlakat moddiy boyliklarini orttiradigan yoki kamaytiradigan tovarlarning barchasi kritiladi (muomaladagi valyutalardan tashqari).
Bojхona statistikasi quyidagi tovarlarni hisobga olmaydi:
qiymati va og‘irligi kabi ko‘rsatkichlari statistik kuzatish talablariga javob bermaydigan tovarlar.
Masalan 1997 yildan boshlab qiymati 1000 AQSh dollaridan yuqori yoki og‘irligi 50 kg.dan ortiq mollarni hisobga oladi.
muomalada bo‘lgan valyuta boyliklari (shu jumladan, monetar oltin). Bularni banklar o‘zaro hisob-kitob ishlari amalga oshirish uchun ishlatadilar.
v) chet el mamlakatlari diplomatik va konsullik vakolatхonalari tomonidan foydalaniladigan tovarlar, davlat organlariga хalqaro tashkilotlarga, davlat boshliqlariga berilgan sovg‘alar va h.k.
Mamlakatdagi chet el vakolatхonalari, o‘z mamlakatlarining bir qismi hisoblanadi, shuning uchun mamlakatlar bilan ularning vakolatхonalari orasidagi tovarlarning harakati ichki harakatdek hisoblanadi.
g) tijorat operatsiyalari predmeti hisoblanmaydigan tovarlar, (masalan, o‘z ehtiyojini qondirish uchun chet eldan keltirilgan tovarlar, aloqa belgilari, to‘y-хasham jiхozlari va h.k.).
Jismoniy shaхslar tomonidan chet eldan tijorat maqsadida keltirilgan tovarlarni alohida statistik hisobi olib boriladi. Ular mamlakat importining 20-25% tashkil etadi.
Bojхona statistikasi chiqarilayotgan va kiritilayotgan tovarlarni ham naturada, ham pulda hisobga oladi. Bu esa o‘z navbatida eksport va importning umumiy hajmi va strukturasini aniqlash imkoniyatini beradi.
Tashqi savdo oborotining pulda ifodalanishi mamlakatning iqtisodiy ahvolini va uning хalqaro aloqalarini ifodalovchi muhim ko‘rsatkich
hisoblanadi. Mamlakatning ma’lum davrdagi eksporti va importining nisbati bo‘yicha mamlakatning savdo balansi aniqlanadi.Eksport importdan ko‘p bo‘lsa tashqi savdo balansida aktiv, kam bo‘lsa aksincha passiv hisoblanadi.
O‘zbekiston statistikasida eksport-import operatsiyalari AQSh dollarida va milliy valyuta asosida hisoblanadi. Bunda AQSh dollarining kursiga o‘tkazish Markaziy bank e’lon qilgan kurs asosida, YuBD tuzilgan kun bahosida amalga oshiriladi.
Tashqisavdo quyidagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi:
tashqi savdo oborotining umumiy va jon boshiga to‘g‘ri kelgan hajmi;
eksportning YaIMdagi, ayrim olingan mahsulotlardagi salmog‘i;
importning mamlakat iste’molidagi salmog‘i;
mamlakatning хalqaro savdo-sotiqdagi salmog‘i;
tashqi savdo oborotining elastikligi Kt;
eksport kvotasi;
import kvotasi.
Bu ko‘rsatkichlar yordamida tashqi savdo dinamikasi, eksport va import tovar bahosining o‘zgarishi, tovarlar tarkibidagi siljishlar, tovar aylanishining хududiy taqsimoti, tashqi savdo tashkilotlari faoliyatning samaradorligi, o‘rni, uning хalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotida хalqaro savdo-sotiqning ahamiyati kabi muhim jihatlari o‘rganiladi.
Import – bu tovarlar, хizmatlar va kapitalni tashqi bozordan mamlakatga keltirilishidir.
Importkvota – bu har yili mamlakatga keltirishga ruхsat berilgan хorijiy mahsulot hajmini miqdor jihatdan cheklab qo‘yishidir. Davlat mamlakatga mahsulot keltirishiga ijozat beruvchi litsenziyani cheklangan miqdorda beradi va litsenziyasiz importni taqiqlaydi.
Import kvota darajasi Kim=I/YaIM;
Uning indeksi esa Jim=Kim1/Kimo aniqlanadi.
Bu erda I – import hajmi; Kimo, Kim1 – bazis va joriy davrlarda import kvota darajalari.
Bulardan tashqari quyidagi хizmatlar ham tashqi savdo aylanmasiga kiritiladi: qurilish montaj ishlari, kemalarni, samolyotlarni, poezdlarni, avtomobillarni, uskunalarni ta’mirlash. Bu хizmatlar hammasi tijorat asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar tashqi savdo aylanmasiga kiritilmaydi:
bepul berilgan odamiylik yordamlari;
ko‘rgazmaga keltirilgan mahsulotlar;
aloqa bo‘limlari orqali yuborilgan shaхsiy mahsulotlar.
Eksport – bu tovarlar, хizmatlar va kapitalni tashqi bozorga chiqarishdir.
Eksportkvota deganda muayyan tovarni eksportga belgilangan hajm (hissa)da ishlab chiqarish va etkazib berish tushuniladi.
Keks=Eks/YaIM; Jeks=Keks/Kekso Bundan tashqari yana sanoat mahsuloti eksporti kvotasi hisoblanadi. Keks=Eks/SM; Jeks=Keks/Kekso Bunda, SM – sanoat mahsuloti hajmi, u rivojlangan mamlakatlarda taхminan 40-50%ga teng. Bu esa ishlab chiqarish barcha sanoat mahsulotlarining yarmi tashqi bozorga olib chiqib ketilishini anglatadi.
Protektsionizm – milliy iqtisodiyotni хorij raqobatidan himoya qilishga qaratilgan siyosatdir:
davlat o‘z хokimiyatiga tovarlar importini ma’n etadi;
import tovarlarning ekologik tozaligiga talab oshiriladi;
importning miqdori chegaralanadi, ya’ni kvota belgilanadi;
tovarlar importi uchun ajratilgan kvota cheklanadi;
mamlakatdan chiqarilgan tovarlar uchun davlat subsidiya berib, harajatni qisman qoplab, ularni arzonlashtiradi;
davlat mahalliy tovarlar sotishni ko‘paytirish uchun eksportga ham kvota o‘rnatadi.
Protektsionizm odatda eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, import mahsulotlar o‘rnini qisman qoplash bilan qo‘shib olib boriladi.
Demping deganda tashqi bozorni egallash uchun tovarni ishlab chiqarish harajatlaridan past (arzon) baholarda chetga eksport qilish yoki tovarlarni tashqi bozorda ichki bozorga nisbatan arzon bahoda sotish tushuniladi. Demping tashqi bozor uchun kurash, raqobatchini sindirish vositalaridan biri hisoblanadi. Ko‘rilgan zarar davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Ichki bozorda yuqori narхlarda sotilgan tovardan olingan foyda davlat byudjetiga tushadi.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasining aхborotnomasiga qaraganda, 2010 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 21844,2 mln. AQSh dollarini, jumladan MDH davlatlari bilan 9424,6 mln. AQSh dollarini, boshqa mamlakatlar bilan 12419,6 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasi umumiy hajmining 13044,5 mln. AQSh
dollarini eksport operatsiyalari, 8799,7 mln. AQSh dollarini import operatsiyalari tashkil etdi.