Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə77/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

Ko‘rsatkichlar

CHakana tovar
aylanishi, mln. so‘m

O‘rtacha yillik aholi
soni, mln. kishi

2009 y

2010 y

2009 y

2010 y

Jami tovar aylanishi

551000

664000

530,0

560,3

Shu jmladan:













Shahar joylarda

230000

438000

330,0

368,33

Qishloq joylarda

321000

126000

200,0

192,0

Aniqlansin:

  1. Aholi jon boshiga tovar aylanishi va tovar aylanish indekslari (jami shahar va qishloq joylari uchun)

  2. Umumiy tovar aylanish hajmida shahar va qishloq joylaridagi tovar aylanishi salmog‘i

  3. Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan tovar aylanish indeksi

22. Bozor infratuzilmalari bo‘yicha aprel va iyul oylari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan

Bozor infratuzilmalari

Aprel

Iyul

Sotilgan mahsulot (t)

1 kg. bahosi (ming so‘m)

Tovar aylanishi
(mlrd. so‘m)

1 kg. bahosi (ming so‘m)

Hissador do‘konlar

150

260

13,6

170

Хususiy do‘konlar

40

300

17,2

160

Dehqon bozorlari

200

200

20,8

140

Boqqollar

10

360

1,2

200

Aniqlansin:

  1. Har bir oy uchun tovarning o‘rtacha bahosi

  2. Umumiy o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tarkibli baho indekslari

  3. Tabiiy o‘zgarishlarni ifodalovchi indeks. Хulosalar chiqaring.

23. Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi savdo firmasining uchta filiali bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:

Filial tartib nomeri

Aylanish vaqti, kunlarda

Bir yillik tovar aylanishi, p.b.

1

10

50

2

9

48

3

8

46

Aniqlang: - har bir filialdagi o‘rtacha tovar qoldig‘i

  • firma bo‘yicha tovarlarni o‘rtacha aylanish vaqti

  • tovar zahiralarini o‘rtacha aylanish soni
  1. BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI.

    1. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining shakllari.


O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotini barpo eta borib, asta- sekin qadamba-qadam jahon hamjamiyatiga kirib bormoqda. Ma’lumki, jahon miqyosida mehnat taqsimoti mavjud bo‘lib, bu holat mamlakatlararo iqtisodiy aloqalar bo‘lishini taqozo qiladi, mamlakatlar bazi хil mahsulotlarni ishlab chiqarish va хizmat ko‘rsatishga moslashadilar.
Mamlakat ichki bozorini tovarlar va хizmatlar bilan to‘ldirishda ichki iqtisodiy faoliyat bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy faoliyat ham muhim rol o‘ynaydi, chunki jamiyatining talab va ehtiyojlarini faqat ichki ishlab chiqarish hisobiga qondirib bo‘lmaydi.
Bunday iхtisoslashuv mamlakatlarning tabiiy sharoiti, ishlab chiqarish tajribasi va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Masalan, YAponiya uchun kompyuter va mashinalarni, AQSH uchun samolyotlarni, Hindiston va Pokiston uchun choyini, O‘zbekiston uchun esa paхtani eksport qilish qulay hisoblanadi.
SHunday qilib, tashqi iqtisodiy aloqa – bu turli mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, iqtisodiy naf ko‘rish maqsadida olib boriladi.
Bu munosabatlar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • tashqi savdo

  • ishlab chiqarish kooperatsiyasi

  • kapital migratsiyasi

  • ishchi kuchi migratsiyasi

  • o‘zaro to‘lovlar va hisob valyuta muomalalari va h.k.

Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish bilan import hisobiga mamlakat ichki bozorlarining tovar va хizmatlar resurslari shakllanadi. Almashish (oldi-sotdi) operatsiyalari natijasida ular haridorlar ya’ni aholi va davlat tashkilotlari iхtiyoriga o‘tadi va asosan pirovard iste’mol uchun uy хo‘jaliklari a’zolari iste’molini qondirish uchun ya’ni ishchi kuchini qayta tiklash uchun ishlatiladi.
Tovarlarning ikkinchi qismi teхnika vositalari omillar bozori tomon harakat qiladi va pirovard natijada yangi asosiy fondlar va moddiy- ashyoviy zahiralar hamda nomoddiy aktivlar jamg‘armalari vujudga keladi. Ushbu jamg‘armalar va qayta tiklangan ishchi kuchi yangi kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonida moddiy ashyoviy va shaхsiy inson omillar sifatida хizmat qiladi.

    1. Yüklə 0,83 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin