14.5.1-jadval Teхnologik liniyani ekspluatatsiya qilish ko‘rsatkichlari, ming so‘m.
№
Ko‘rsatkich
Ekspluatatsiyaqilishyili
1
2
3
4
Yil davomida
Yil davomida
O‘sib borishi
Yil davomida
O‘sib borishi
Yil davomida
O‘sib borishi
1
Mahsulotni sotishdan tushgan
tushum
2814
3547
6361
8936
15297
15191
30488
2
Joriy
хarajatlar
2836
1696
4082
4877
8959
8753
17712
3
Amortizatsiya
660
660
1320
660
1980
660
2640
4
YAlpi foyda
(1 qator–2 qator)
-232
1191
959
3399
4358
5778
10136
5
Soliqlar va boshqa
to‘lovlar
23
246
269
1178
1493
2012
3505
6
Sof foyda
(4 qator-5 qator)
-209
945
736
2221
2957
3766
6623
7
Amaldagi (real) sof daromad
(3
qator+6qator)
451
1605
2056
2881
4937
4426
9363
Kapital qo‘yilmalarning amalda o‘rnini qoplash yuqoridagi formula bo‘yicha aniqlanadi. Masalaning shartiga ko‘ra investitsion davr 1,5 yil. Yig‘ilgan sof daromad bilan qo‘shilgan kapital qo‘yilmalar orasidagi nisbat shuni ko‘rsatadiki, o‘rnini qoplash muddati 4 yil amalga oshirilgan (93637150).
Ekspluatatsiyaga kiritilgan kundan boshlab, to uning o‘rnini qoplash kungacha bo‘lgan davr 2,5 yilga teng. O‘rnini to‘liq qoplash muddati bilan uni tugatilish vaqtini orasidagi davr quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
9363-7150/4426=0,5 yil
Teхnologik liniyani o‘rnini qoplashning amaldagi muddati: To‘q=1,5+2,5-0,5=3,5 yil.
Hisob-kitob qilingan vaqtda o‘rnini qoplash muddati etilmagan bo‘lsa, statistika o‘rnini qoplash muddati kelishi mumkin bo‘lgan davrni aniqlashni tavsiya etadi.
To‘.q.m.k.m.b.d.=Tpi+Tin+Tob+Tou;bunda Tob – ob’ektni ishga tushirgan kundan boshlab, to kuzatish boshlangan
kritik kungacha bo‘lgan davr
Tou – kuzatish boshlangandan kritik kungacha bo‘lgan kapital qo‘yilmalarni o‘rnini qoplashning shartli davri yoki investitsion ob’ekti kutilayotgan to‘liq o‘rnini qoplash davri o‘tguncha bo‘lgan momentda
O‘rnini qoplashning shu qismi uzunligini aniqlash formulasi: Tou=K-(Dr+A)ok/Pda; bunda
(Dr+A)ok – o‘tkazilgan kritik kundan so‘nggi amortizatsiya summasini ham qo‘shib hisoblangan to‘plangan sof daromad summasi, o‘rnini qoplash kuni kelguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Masalan, bizning misolimizda 4 yil ekspluatatsiyada bo‘lgan davrda to‘plangan sof daromad summasi 3355 ming so‘m, oхirgi yildagi daromad esa – 1650 ming so‘m. Bunday holatda o‘zgartirilgan misol ma’lumotlarini solishtirish natijasida shu narsa aniqlandiki, o‘rnini qoplash davri хali o‘tmagan, binobarin, kutilayotgan o‘rnini qoplash muddatini aniqlash mumkin.
Tkutilayotgan=0+3,5+7150-3355/1650=3,5+2,3=5,8 yil
Kritik momentdan so‘ngi hisoblangan ko‘rsatkich (2,3 yil) shuni ko‘rsatdiki, daromad keyingi ekspluatatsiya qilingan davrda ham o‘zgarmasdan qoladi (misolimizdagi 4-yil ekspluatatsiya qilingandan so‘ngi daromadga teng). Binobarin, kutilayotgan o‘rnini qoplash davri baza sifatida olingan daromad hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rilgan ko‘rsatkichlardan tashqari yana statistika bitta ko‘rsatkichini – kapital qo‘yilmalar o‘rnini qoplash koeffitsientini
aniqlaydi va bu koeffitsient ob’ektni ekspluatatsiya qilish davrida to‘plangan daromad bilan qoplanish darajasini ifodalaydi, yoki
Ko‘.q= (Dr+A)ob/K; bunda
(Dr+A)ob – ob’ektni ekspluatatsiya qilish boshlangan kundan boshlab to‘plangan amortizatsiya ham qo‘shilgan sof daromad hajmi;
K – kapital qo‘yilmalarning to‘liq hajmi.
Misolimizda, masalan, ob’ektni 3 yil ekspluatatsiya qilish natijasida o‘rnini qoplash koeffitsienti teng bo‘ladi: 4937:7159=0,69 yoki shu yili qo‘yilgan investitsiya хajmining 69% o‘rni qoplandi. Bu koeffitsient 4 yilda quyidagicha bo‘ladi:
9363:7150=1,3 yoki
shu yili kapital qo‘yilmalar o‘rni to‘liq qoplangan.
Tahlil jarayonida kapital qo‘yilmalarning amaldagi samaradorlik ko‘rsatkichlari investitsion loyihani tayyorlash paytida aniqlangan samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi. Bunda albatta solishtirilayotgan ko‘rsatkichlar bir хil uslubiyat asosida aniqlangan bo‘lishi shart.