Darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalarni bepul foydalanishga berish to’g’risidagi shartnoma



Yüklə 158,38 Kb.
səhifə68/70
tarix02.10.2023
ölçüsü158,38 Kb.
#151511
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
11-sinf sharnoma

II. TOMONLARNING HUQUQLARI
2.1. Maktab foydalanuvchining aybi bilan darslik va/yoki o’quv-metodik qo’llanma yo’qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik va /yoki o’quv-metodik qo’llanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur shartnomaning 4.2.3-bandida ko’rsatilgan tartibda to’lashni talab qilish huquqiga ega.
2.2. Foydalanuvchi ushbu shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida ko’rsatilgan darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalarni foydalanishga yaroqli bo’lgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Maktab quyidagilarga majbur:
3.1.1. Mazkur shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida ko’rsatilgan darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalarni foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli bo’lgan holatda bepul berish;
3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalardan foydalanish shartlari va muddatlari to’g’risida ma’lumotlar bilan ta’minlash.
3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
3.2.1. Olingan darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalarning to’liq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini ta’minlash;
3.2.2. Darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalarni foydalanishga yaroqli holatda maktabga qaytarish;
3.2.3. Darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanmalar yo’qolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar va/yoki o’quv-metodik qo’llanma bilan qoplash yoxud uning birlamchi xujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko’rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to’lash:
Birinchi sinf o’quvchilarining har bir darslik va o’quv-metodik qo’llanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;
2-4-sinf o’quvchilarining har bir darslik va o’quv-metodik qo’llanmalari uchun – uning ikki baravari miqdorida;
5-11-sinf o’quvchilarining har bir darslik va o’quv-metodik qo’llanmalari uchun – uning to’rt baravari miqdorida.

Yüklə 158,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin