Darsni interfaol metodlarda tashkil etish.
Darsni interfaol metodlarda tashkil etish.
Darsni interfaol metodlarda tashkil etishning qanday afzalliklari mavjud:
O`qitish mazmuni yaxshi o`zlashtirishga olib keladi;
O`z vaqtida o`quvchi-o`qituvchi-o`quvchilar orasida ta’limiy aloqalar o`rnatiladi;
O`qitsh usullari ta’lim jarayonida turli xil ko`rinishlarda kechadi. (yakka, juft, guruh,, katta guruhlar).
O`quv jarayoni o`quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo`ladi.
O`zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o`quv materiali yaxshi esda qoladi.
O`quvchida o`zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko`nikmalarishakllanadi.
O`quv jarayonida – o`quvchining o`z-o`ziga baho berishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi.
O`quvchi uchun dars qiziqarli o`qitilayotgan ‘redmet mazmuniga aylanadi, o`qish jarayonigaijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo`ladi.
Har bir o`quvchini o`zi mustaqil fikr yurita olishga, izlanishga, mushohada qilishga olib keladi.
Interfaol usulda o`tilgan darslarda o`quvchi faqat ta’lim mazmunini o`zlashtiribginaqolmay, balki o`zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashini ham rivojlantiradi.Albatta, interfaol darslarni tashkil etishning ham o`ziga yarasha kamchiliklari mavjud.
O`quv-biluv jarayoni ko`’lab vaqt sarflashni talab qiladi.
Interfaol mashg`ulotlarda barcha o`quvchilarni kerakligicha nazorat etib borishning imkoniyatibo`lavermaydi.
Juda murakkab materiallar o`rganilayotganda o`quvchilar muammoni to`laqonli, aniq yechaolmaydilar, bunday sharoitlarda o`qituvchining roli ‘ast bo`lishi hollari kuzatiladi.
Guruhlarda o`quv jarayoni kechayotganda kuchsiz o`quvchilarning ishtiroki tufayli kuchlio`quvchilar ham ‘ast ball yoki baho olish hollari kuzatiladi.
Xulosa shuki, bunday sharoitda o`qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo`yicha mushohada yuritishga, muammolarni o`z vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega bo`lishi kerak.
Interfaol usullarda darsni tashkil etishda o`quvchi shaxsini rivojlantirishni o`ziga-o`zi zamin yaratishdan boshlash kerak.
Ya’ni o`quvchi:
O`zi mustaqil mutolaa qilish, o`qish asosida bilim olishga;
O`quv mehnatiga o`zida xohish-istak uyg`ota olishga;
Har qanday vaziyatda faollik ko`rsata olishga;
Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga o`rganmog`i zarur.
Shuning uchun ham hozirgi kunda o`quvchining o`z-o`zini rivojlantirish texnologiyasini yaratish ‘edagogika, didaktika fani oldida o`z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardandir. K e yingi vaqtlarda o`qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta’lim nima, interfaol usulda o`qitsh nima uchun zarur? Bu usul qachondan o`quv jarayoniga kirib kelgan? Uning qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni o`quv jarayoniga qanday olib kirish kerak, uni avvalgi usullardan farqi nimada kabi savollarga duch kelamiz.
Buning uchun shu kunlarda maktablarimizda olib borilayotgan an’anaviy darslarni yana bir marotaba eslab o`tish joizdir. An’anaviy o`qitish XVII asrda Chex ‘edagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan taklif etilgan.
U o`qitshning yagona klassik tizimini ishlab chiqib, uni sinf – dars sistemasi deb yuritadi. Keyinchalik bu sistema ‘edagogikada keng tarqalgan. An’anaviy maktab sinf-dars tizimi nomini olish u quyidagicha o`ziga xos an’analarga ega:
Taxminan bir xil yoki yaqin yoshli bolalar tayyorgarlik darajasi yaqin bolalar sinfini tashkiletadi.
Sinf yagona reja, dastur, dars jadvali asosida ishlaydi.
Asosan mashg`ulot turi yagona dars hisoblanadi.
Dars ma’lum o`quv ‘redmeti, temaga bir xil material ustida ishlaydi.
O`quvchilar faoliyatini o`qituvchi boshqaradi, har bir o`quvchining bilim darajasinibaholaydi, yil oxirida o`quvchini sinfdan-sinfga ko`chirishni ham u hal qiladi.
Darsliklar asosan uy ishini bajarishda, uyda qo`llaniladi.
An’anaviy dars sxemasi quyidagicha ko`rinishga ega.
Yangi mavzuni —> Mustaxkamlash — Nazorat — Baholash – O`rganish
An’anaviy darsning konse’tual holati
Ilmiylik
O`quvchi tabiatiga mosligi
Ketma-ketlik, tizimliligi
Tushunarliligi
Ko`rgazmalilik
Nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligi, amalda qo`llay bilish.