Qishloq xo‘jaligi Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Biroq, bu tarmoq aksariyat mamlakatlar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli ta’minlay olmaydi. Suv tanqisligi ana shunday oqibatlarning asosiy sababchisidir. Hozirgi ilg‘or gidrotexnika usullaridan Isroil (tomchilatib sug‘orish), Suriya, Iroq (Frot daryosi suvlaridan sug‘orishda foydalanish), Saudiya Arabistoni, Kuvayt (dengiz suvini chuchuklashtirish) mamlakatlaridagina ma’lum darajada foydalanilmoqda.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i dehqonchilik Turkiya, Kipr, Livan, Isroil va Kavkazorti respublikalarida, Arab davlatlarida esa chorvachilik rivojlangan.
Asosiy oziq-ovqat ekinlari bo‘lgan donli ekinlardan: bug‘doy, афа, makka- jo‘xori, sholi, tariq ko‘proq Turkiya, Eron, Suriya, Iroq, Afg‘onistonda ekiladi. Texnik ekinlardan: paxta, moy beruvchi ekinlar Turkiya, Suriya, Iroq, Ozarbayjon, Eronda, qandlavlagini Turkiya, Kavkazorti respublikalarida ekish ahamiyatli.
Chorvachiligi kam mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Turkiya jahonda angor echkilarining ko‘pligi va ipakdek mayin tivit yetishtirishi bilan alohida ajralib turadi.
Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarida transport nisbatan yaxshi rivojlanmagan.Eng ommaviy transport hisoblanadigan temiryo‘l transports asosan, Turkiya, Eron, Kavkazorti respublikalari uchun ahamiyatli. Shu bilan birga, Afg‘oniston va ko'pgina Arab mamlakatlarida temiryo'llar umuman yo‘q. Avtomobil transport ham Turkiya, 0‘rta dengiz bo'yi va Kavkazorti mamlakatlari hamda arab davlatlarida tez rivojlanmoqda. Dengiz transporti esa ma’lum darajada Eronda, Turidyada ahamiyatliroq. Boshqa davlatlarda esa ular dengiz bo'yida joylashgan bo‘lishlariga qaramay, bu transport tarmog‘i juda kuchsiz. Fors qo‘ltig‘i mamlakatlarida nellni eksportga chiqarishga ixtisoslashgan port xo‘jaliklari yaxshi rivojlangan. Mamlakatlaming ichki yuk tashishida ot-ulov va tuyalar xizmatidan foydalaniladi.
Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra ko‘p tarmoqli va tor ixtisosli mamlakatlar guruhlariga bo‘linadi.
Ko‘p tarmoqli mamlakatlar guruhi mintaqaning shimoli va shimoli-g‘arbida joylashgan Turkiya, Isroil, Eron, Livan, Kipr, Suriya, Iroq hamda Kavkazorti respublikalaridan tashkil topgan. Ularda ishlov beruvchi sanoat ko‘proq rivojlangan. Qishloq xo‘jaligi va transport ham nisbatan yaxshi iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega. Har bir mamlakatda yaxshi rivojlangan rayonlar bilan biiga ancha sust rivojlangan hududlar ham mavjuddir.
Tor ixtisosli mamlakatlar guruhiga, asosan Fors qo‘ltig‘i mamlakatlari kiradi. Ulaming iqtisodiy-ijtimoiy hayoti neft qazib chiqarish, uni qayta ishlash va eksportga chiqarish bilan to‘la bog‘langan. Deyarli barcha iqtisodiy faol aholi neft majmuasida xizmat qiladi. Bu mamlakatlar neft qazib chiqarish va uni tashqi bozorda sotishdan juda katta daromad oladilar.