Aholisining milliy va etnik tarkibi haqida nimalar bilasiz.
V.Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.
Sana: ______ ______ 20______yil
9 - sinf. Fan: Geografiya Mavzu: Xo’jaligi. Transporti va ichki tafovutlari.
Darsning maqsadi: ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish
tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash
rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
II. O’tilgan mavzuni so’rab baholash: Hindiston davlati qaysi davlatlar bilan chegaradosh.
Mamlakat qanday tabiiy resurslarga boy
Aholisining milliy va etnik tarkibi haqida nimalar bilasiz.
III.Yangi mavzu bayoni Bugungi Hindiston rivojlanayotgan mamlakatlaming eng yirigidir. U jahonda yalpi ichki mahsulot hajmiga ko‘ra AQSH, va Xitoydan keyingi 3-o‘rinda turadi. Uning hajmi 2012-yilda 4,8 mlrd. AQSH dolloroni tashkil etadi.
Hindiston xo‘jaligining muhim xususiyatlari ishlab chiqarish tarmoqlari bo'ylab nomuvofiq joylashganligidir. Umuman, uni tafovutlar mamlakati ham deyish mumkin. Unda boylik bilan kambag‘allik, eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari bilan deyarli natural ishlab chiqarishga asoslangan oddiy xo‘jaliklar yonma-yon turadi va bir-birlari bilan uyg‘unlashib ketgan. Hindistonda YIM ning 29,4% i sanoatga, 17,6% i qishloq xo'jaligiga, 52,9% i xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi.
Hindistonda jami ishda band aholining atigi 1/4 qismi sanoatda ishlaydi, Bu uning industrlashish darajasining talab darajasida ekanligini ko'rsatadi. Hindiston an’anaviy yengil va oziq-ovqat sanoati mamlakatidan tobora zamonaviy og‘ir sanoat tarmoqlari mamlakatiga aylanib bormoqda. Mamlakat iqtisodiyotining asosini metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoatlari egallamoqda.Sanoat tarmoqlarining rivojlanish va hududiy taqsimlanishida yirik dengiz portlaridan Mumbay, Kolkata, Chennay hamda mamlakatning siyosiy markazi bo‘lgan Dehli shahrining muhim ahamiyati bor.
Hindistonda Rixand-Singrauli yoqilg‘i-energetika majmuasi, Bxilai, Bokaro, Visakxapatnam qorametallurgiya kombinatlari, Chittaranjan, Ranchi, Xardvar og‘ir mashinasozlik zavodlari, Barauni va Sindr neftni qayta ishlash zavodlari joylashgan. Bunday yirik korxonalar, ayniqsa, «Hindiston Ruri» deb ataladigan Damodar vodiysi bo‘ylab keng tarqalgan.
Yengil sanoatidaip-gazlama va to'qimachilik tarmoqlari, tayyor kiyimlar, xalq hunarmandchiligi asosida boshqa turli iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘mi juda yuqori. Ular, asosan, tashqi bozor uchun mahsulot beradi. Oziq-ovqat sanoatida ham choy, qand-shakar (bu mahsulotlarni yetishtirishda u jahonda birinchi o‘rinda turadi), qandolat-o'simlik, o‘simlik moyi kabilaming katta qismi tashqi bozor uchun ishlab chiqariladi.