Darsning maqsadi: ta’limiy


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash



Yüklə 143,28 Kb.
səhifə14/49
tarix20.06.2022
ölçüsü143,28 Kb.
#61930
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
30 maktab 9-sinf konspekt IV

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

  1. Yaponiyaning bugungi iqtisodiy salohiyatiga qanday ta’rif berasiz.

  2. Sanoati haqida nimalarni bilasiz.

  3. Qaysi davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar yo’lga qo’yilgan.



V.Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.

Sana: ______ ______ 20______yil


9 - sinf. Fan: Geografiya
Mavzu: Hindiston. Iqtisodiy geografik tavsifi. Hududi, geografik o’rni, resurslari.
Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: o’quvchilarga bugungi mavzu xaqida tushuncha berish

  2. tarbiyaviy: tabiat bilan do’stlashishga o’rgatish, dars davomida o’zaro xamkorligi, o’zgalar fel-atvorini xurmat ruxida tarbiyalash

  3. rivojlantiruvchi: o’quvchilarni erkin fikrlashga, muloxaza yuritishga o’rgatish, ijodiy izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish

Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.

  1. Salomlashish

  2. Honani darsga tayyorlash

  3. O’quvchilar davomatini aniqlash

  4. Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish

  5. Shu kunning muhim yangiliklari

II. O’tilgan mavzuni so’rab baholash:

  1. Yaponiyaning bugungi iqtisodiy salohiyatiga qanday ta’rif berasiz.

  2. Sanoati haqida nimalarni bilasiz.

  3. Qaysi davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar yo’lga qo’yilgan.

III.Yangi mavzu bayoni
Hindiston Respublikasining umumiy maydoni 3287 mln. km2. Hududi, asosan, ulkan uchburchak shaklida bo‘lgan Hindiston yarimorolida joylashgan, u Shimoldan Janubga 3,2 ming km, G‘arbdan Sharqqa 2,9 ming km masofaga cho‘zilgan. Hindistonga Lakkadiv, Amindiv, Andaman va Nikobar orollari guruhlari ham qarashlidir.
Siyosiy-hududiy tuzilishiga ko‘ra Hindiston Federativ Respublikadir. Uning tarkibida 28 ta shtat va markazga bo‘ysunadigan oltita ittifoqdosh hamda poytaxt hududlari mavjud. Davlatning poytaxti Dehli shahridir.
Hindiston Respublikasi Janubiy Osiyo subregionidagi eng yirik davlatdir.
Hindiston katta masofada dengizlar bilan tutashgan. Unda G‘arb va Sharq mamlakatlari o‘rtasida dengiz orqali olib boriladigan serqatnov savdo yo‘llari joylashgan.
Hindistonning tabiiy sharoiti xilma-xil va ancha boy. Mamlakatni Shimol tomondan baland Himolay tog'lari bilan o‘rab turilishi uning iqlimiy sharoitlarining juda qulay bo‘lishida, nihoyatda boy agroiqlim resurslari bilan ta’minlanishida muhim rol o‘ynaydi. Uning yer osti qazilma boyliklari ham xilma-xil. Temir va marganes rudalad, xrom, titan zaxiralari dunyo ahamiyatiga ega. Shuningdek, ko‘mir, oltin va boshqa bir qator rangli metall zaxiralariga boy. Hududi va dengiz sayozliklaridan neft ham topilgan.
Hindiston aholisining soni tez o‘sayotgan mamlakatlardandir. So‘nggi bir yuz o’n uch (1900—2013) yil ichida uning aholisi 239 mln. dan 1221 mln. kishigacha ko‘paydi. Agar aholisining hozirgi o'sish sur’atlari saqlanib qolsa, mamlakat aholisining soni, BMT hisobi bo'yicha, 2025-yilda 1,4 mlrd. kishiga yetadi.
Hindiston jahondagi ejtig ko‘p millatli mamlakatdir. Aholisining milliy-etnik tarkibi juda murakkab. Unda yashayotgan millat, elat va qabilalar turli til guruhlariga, dinlaiga mansubdir. Ularning urf-odatlari ham turlicha, ijtimoiy rivojlanish darajalari esa har xil bosqichdadir.
Mamlakatdagi asosiy millatlarni hindlar, bengallar, bixarlar, panjobliklar, tamillar, kashmirliklar va boshqalar tashkil qiladi. Ammo Hindistonda hech bir millat ko'pchilikni tashkil qilmaydi.
Aholining diniy tarkibi ham ancha murakkab. Aholining 80% i induizm diniga mansub. Ikkinchi o‘rinni islom diniga mansub aholi egallaydi. Ular mamlakat aholisining 100 mln. dan ko'proq qismi (11% i) ni tashkil qiladi. Jammu va Kashmir shtatlari aholisining 2/3 qismi islom diniga mansub. Shuningdek, Hindistonda 18 mln. xristianlar, 15 mln. sikxlar, 5 mln. buddizm va boshqa din vakillari ham yashaydilar.
Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida 0‘rta Osiyo xalqlarining alohida o‘mi bor. Temuriylar sulolasining yorqin namoyandalaridan bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari bu mamlakat tarixida beqiyos iz qoldirganlar.
Binobarin, Bobur asos solgan Boburiylar saltanatining Hindiston tarixidagi ulkan xizmatlari — tarixan biron marta ham birlasha olmagan Hindiston, Pokiston va Bangladesh hududlarini yagona markazlashgan ulkan hokimiyat atrofida birlashtirgani va unda bir yo‘nalishli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga asos solgani edi. Darhaqiqat, Boburiylar saltanati Hindistonda uch asrdan ortiq (1526 — 1858- yy.) vaqt davomida hukmronlik qildi. Bu yillar davomida tili, dini, manfaatlari turlicha bo‘lgan, ko‘pincha bir-birlarini dushman hisoblagan (hind xalqi ijodiyoti namunalaridan bo‘lgan «Maxobxorat», «Ramayana»dagi voqealarni eslang) o‘nlab tarqoq davlat va davlatchala-r mavjud edi.
Hindiston aholisining o'rtacha zichlik ko‘rsatkichlari juda yuqori — 1 km2 maydonga 370 kishidan to‘g‘ri keladi. Ammo aholisi hududlar bo‘ylab ancha notekis joylashgan. Agar pasttekisliklar, tog‘ oralig‘i vodiylarida aholi juda zich joylashgan bo‘lsa (masalan, Hind-Gang pasttekisligida 1 km2 ga 700 — 800 kishidan to‘g‘ri keladi), baland Himolay tog‘i yonbag‘irlari, Shimoli-g'arbiy va markaziy quig‘oqchil hududlarida aholi ancha siyrak yashaydi.
Mamlakat aholisining urbanizatsiya darajasi u qadar yuqori emas. Hozir mamlakat aholisining 30,3% i shaharlarda yashaydi. Hindistonda 4 mingdan ortiq shaharlar bor. Ularning 300 dan ortig'i yirik shaharlardir. Millioner shaharlaming umumiy soni 25 dan ortadi. Bular orasida Mumbay (Bombay) va Kolkata shaharlari aholisi 18,0 va 15,0 mln. taga to‘g‘ri keladi, ular jahonning eng ulkan shaharlaridan hisoblanadi.

Yüklə 143,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin