Ofarin, tashakkur, rahmat, barakalla, salom, marhamat, uzr kabi so`zlar minnatdorchilik, salomlashish, kechirim so`rash, iltimos kabi ma’nolarni ifodalaydigan gaplar ham so`z – gaplar hisoblanadi.
Yo'lchi eshikchani ochib kirdi:
- Assalomu alaykum, hormang, ota!
Kishilar o`rtasidagi oddiy muomalada tez – tez ishlatib turiladigan so`z yoki iboralar so`z – gaplar vazifasida qo`llanadigan bo`lib qolgan. Bular:assalomu alaykum, yoqimli istaha, salomat bo`ling, qulluq, osh bo`lsin, yaxshi boring, xush ko`rdik, labbay, bajonidil kabilar. Bugun oilaviy sayohatga jo`nab ketayapmiz.
- Yaxshi boring!
Mashqlar ustida ishlash:
Mashqlar ustida ishlash:
163- mashq.
Berilgan nutq parchasidagi ajratilgan so'z-gaplarning ma'no turlarini aniqlab yozib chiqing.
— Sog'lig'ingiz yaxshimi?
— Rahmat. Tuzukman.
— Ertalab uchrashamiz-da...
— Albatta. Bekatda. Soat 8 da.
— Qabulga birga kiramizmi?
— Yo'q. Avval Siz kiring.
— Bo'pti. Ma'qul.
— Oh-o! Savollaringiz tugamaydi-ku. Mayli,
marhamat.
164- mashq. O'qing. So'z-gaplarning ifodalayotgan ma'nosini tushtirib bering. Mashq o`gzaki tarzda bajariladi.
164- mashq. O'qing. So'z-gaplarning ifodalayotgan ma'nosini tushtirib bering. Mashq o`gzaki tarzda bajariladi.