modal so`z – gaplar qat’iy ishonch, taxmin, gumon ma’nolarni ifodalab keladigan gaplar. Masalan: Bugun kelasizmi? – Albatta.
undov so`z – gaplar his – tuyg`u va haydash – chaqirish yoki javob ma’nolarini ifodalaydigan gaplar. Masalan: Oh, - dedi-yu, sekin devorga suyanib qoldi.
tasdiq so`z – gaplarga ha, mayli, xo`sh, xo`p, bo`ladi so`zlari kiradi. Masalan: Ertaga bozor borasizmi? – Ha.
inkor so`z – gaplarga yo`q, mutlaqo, aslo, sira, aksincha so`zlari kiradi. Masalan: Siz do`stingiz bilan janjallashasizmi? – Aslo.
taklif so`z – gaplar tinglovchiga qararib, biror ish – harakatni bajarishga undaydigan gaplar. Bularga ma, mang, qani, marhamat kabi so`zlar kiradi.