Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə6/59
tarix22.09.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#147135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
5-sinf Tarix konspekt

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________ 5-“V”_____________________ 5-“G”______________________
Darsning mavzusi: Eng qadimgi odamlar va ularning manzilgohlari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – o’quvchilarga eng qadimgi odamlar, ularning hayoti, kun ko’rishi haqida hikoya qilib berish;
Tarbiyaviy – mehnat tufayli inson shakllanib, taraqqiyot sari intilganligi haqida ma’lumot berish;
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarda hozirgi hayotning qadriga yetishva mehnatsevarlikka hislarini tarbiyalash.
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, charxpalak;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – antropolog, yava, kramanon, neandertal;
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu.
Avstralopitek - Janubiy Afrikadan, Zinjantrop - Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan, Pitekantrop – Yava orolidan (Indoneziya), Sinantrop - Xitoy hududidan, Neandertal - Farg'ona vodiysidagi Selungur manzilgohidan, Germaniyadan, Kromanyon - Fransiyadagi Kromanyon g'oridan hozirgi qiyofadagi odam kromanyon topib tekshirganlar.
Germaniyaning Neandertal g’oridan topilgan qadimgi ajdodlarimizning tashqi qiyofasi bugungi odam qiyofasiga juda yaqin bo’lgan. Olimlar yangi qiyofadagi odamga neandertal odami deb nom berishgan. Neandertallar miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklar oralig’ida yashashgan.
O’zbekistonda neandertal qiyofali odam suyaklari qoldiqlari Surxondaryo viloyati hududidagi Teshiktosh g’oridan topilgan.
Miloddan avvalgi 40-12 ming yilliklar oralig’ida yashagan odam suyaklari Fransiyaning Kramanon g’oridan topilgan. Unga Kramanon odami nomi berilgan. Kramanon odami tashqi qiyofasiga ko’ra bugungi qiyofadagi idam edi. Olimlar kramanon qiyofadagi odamni “aql-idrokli odam”, “ongli odam” deb ataganlar.
Kramanon odamlari urug’- urug’ bo’lib yashaganlar. Endi odamlar g’orlarda yashamaydigan bo’lganlar. Mehnat qurollari har jihatdan takomillashgan.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin