IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________
Darsning mavzusi: DunyoningQadimgi davlatlari Darsning maqsadi: Ta’limiy – o’quvchilarga qadimgi sivilizatsiyalar haqida umumiy tushuncha berish;
Tarbiyaviy – o’quvchilarga Yevropaning dastlabki sivilizatsiyalarini tushuntirib berish;
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, ajurli arra;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – kohin, labirint, inklar, kipu, Pasxa oroli, Mikena, Mayya; Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu. Qadimgi sivilizatsiyalar Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda Kritda davlat tashkil topgan. Bu Yevropadagi birinchi davlat edi.
Mikena madaniyati: Bugungi Gretsiyaning janubida Peloponnes yarim oroli bor. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda bu yerda Mikena shahri qurilgan. Bronzadan yasalgan turli qurollar, oltindan ishlangan zeb-ziynatlar, sopoldan tayyorlangan idishlar qoldiqlari yaxshi saqlangan.
Mayya madaniyati: Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Milodning 1-ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Har bir shahar-davlatga “Ulug’ inson” hukmdorlik qilgan. mayya xalqining 300 belgidan iborat iyeroglifli yozuvi bo’lgan.