IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_______________________Salimova.X.A
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________
Darsning mavzusi: Aloqa vositalarining kashf etilishi Darsning maqsadi: Ta’limiy – O’quvchilarda Aloqa vositalarining kashf etilishi haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy – O’quvchilarda Aloqa vositalarining kashf etilishi haqida tushuncha berish va ularni hayotga tadbiq eta olishni tushuntirish.
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay olish
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushunchalar – Telegraf,radiosukunat,teletayup Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu.Aloqa vositalarining kashf etilishi Telegraf turli xabarlarni uzoq masofalarga yozuv orqali tez uzatishga mo’ljallan qurilma hisoblanadi.Bunday qurilma dastlab 1832-yilda rus olimi Pavel Shilling ixtiro qildi. Qurilma xabarlarni nuqta va tirelar (chiziq) ko’rinishida uzatgan.1837-yilda Amerikalik olim Samyuel Morze ham shunday qurilma va unda foydalaniladigan maxsus alifbo yaratdi. Bu alifbo tarixda “Morze alifbosi” nomi bilan kirdi.Dengizda uzatilgan halokat xabarlarini qabul qilib olish uchun har 5 daqiqada “radiosukunat” vaqti jotiy qilindi.Morze qurilmasida nuqta va tirelar telegraf kaliti yordamida uzatiladi.Morze alifbosidagi “uchta nuqta, uchta tire va yana uchta nuqta”belgisi –(signal) halokat ro’y berganini bildiradi.Teletayp-yozuv mashinkasiga o’xshash klaviaturali uzoqdan yuborilgan axborotlarni qog’oz lentaga avtomatik ravishda yozib oladigan mexanizmli telegraf apparati.Dastlabki telefon apparati 1876 –yilda Angliyada tug’ulib Amerikada yashagan Aleksandr Bell yaratdi.