O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________
Darsning mavzusi: Ishlab chiqarish texnikasining paydo bo‘lishi Darsning maqsadi: Ta’limiy – O’quvchilarga ishlab chiqarish nima ekanligini tushuntirish
Tarbiyaviy –Ishlab chiqarish texnikasini qo’llay olish usulini tadbiq eta olishini o’rgatish
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay olish
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu.Ishlab chiqarish texnikasining paydo bo‘lishi Ishlab chiqarish texnikasi inson mehnatini yengillashtiradigan va mehnat unumdorligini ko’p marotaba oshirishga imkon beradigan mehnat qurolidir. “Ishlab chiqarish texnikasi” iborasi o’rnida “mashina” iborasi ham ishlatiladi.Angliyada ishlab chiqarish texnikasidagi ixtirolar dastlab to’qimachilik sohasida boshlandi. Bunga sifatli matolarga talabning tobora ortib borishi sabab bo’ldi.Bu talabni faqat ishlab chiqarish texnikasi (mashinalar) yordamidagina qondirish mumkin edi.Dastlabki ixtiro XVIII asrda amalga oshirildi. 1733-yilda mexanik va to’quvchi JON KEY to’quv dastgohini ixtiro qildi Bu ixtirogacha to’quvchi o’rmakni g’altak iplari orasidan o’zi o’tkazib turishga majbur bo’layotgan edi. Fabrika ishlab chiqarishning yanada unumliroq bo’lishi uchun faqat suv bor joy emas istagan joyda ishlatish mumkin bo’lgan texnika zarur edi. Tez orada bunday texnika angliyalik JEYMS UATT ixtiro qildi. Hozirgi zamon yengil avtomobili divigateli (motori) ni ko’z oldingizga keltiring.Jeyms Uatt yashagan davrda benzin yoki gazdan foydalanish hali kashf qilinmagan edi Shuning uchun dastlabki dvigatel bug’ bilan harakatga keltirildi va bug’ mashinasi deb ataldi