Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi



Yüklə 285,79 Kb.
səhifə33/57
tarix02.06.2023
ölçüsü285,79 Kb.
#123415
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
5 sinf tarix fanidan konspekt

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________
Darsning mavzusi: Turkiston ma’rifatparvarlari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – o’quvchilarga qadimgi ajdodlarimiz haqida umumiy tushuntirish;
Tarbiyaviy –o’quvchilar ongiga Turkiston ma’rifatparvarlari qahramonligini singdirish;
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – Jadid,ma’rifat,M.Behbudiy,A.Avloniy;
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu. Turkiston ma’rifatparvarlari
Ma’rifat- ta’lim va tarbiya orqali kishilarning bilimi va ongini oshirish yo’lida qilinadigan harakatdir.O’z faoliyatlarini bu ishga bag’ishlangan kishilar esa ma’rifatparvarlar deb ataladi.Yurtimizda ma’rifatparvarlar harakati XIX asr oxiri –XX asr boshlarida vujudga keldi va u jadidchilik harakati nomi bilan shuhrat qozondi.Jadidchilik harakatlarining namoyondalari esa jadidlar deb atashgan.Jadidlarni Rossiya mustamlakasiga aylanib qolgan yurtimizning taraqqiyotida orqada qolib ketganligi tashvishga solgan. Ular yurtimizni ozod va obod ko’rishni istaydilar.Jadid-(arabcha-yangi) –yangilik tarafdori,yangilik uchun kurashuvchi.Turkiston jadidchilarining harakati asoschisi Behbudiy 1875-yilda Samarqandda tug’ilgan.O’z davrining diniy va dunyoviy bilimlarini puxta egalladi.U dastlab Samarqand shahri yaqinidagi bir qishloqda jahon ilmu-fani yutuqlaridan saboq berishga mo’ljallangan yangi usul maktabini ochdi.

Yüklə 285,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin