IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________
Darsning mavzusi: Arablarga qarshi xalq ozodlik кurashlari Darsning maqsadi: Ta’limiy – o’quvchilarga Muqanna qo’zg’olonining sabablari haqida umumiy tushuncha berish;
Tarbiyaviy – Qo’zg’olonning yomon tomonlari haqida o’quvchilarga ma’lumot berish;
Rivojlantiruvchi – olingan ma’lumotlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushunchalar – Muqanna, Qutayba ibn Muslim, Movorounnahr; Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu.Arablarga qarshi xalq ozodlik кurashlari Arablar yurtimizni Movorounnahr (daryoning narigi tomoni) deb atay boshlaganlar. Arablar yurtimizga bosqinchilik yurishlarida arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim rahbarlik qilgan. Qudratli lashkarga ega bo’lgan arablar 715-yilda yurtimizda o’z hukmronligini o’rnatganlar.
Arablar yurtimiz aholisiga ko’p jabr-zulm o’tkaza boshladilar. Bular oxir-oqibat 769-yilda Muqanna boshchiligida qo’zg’olon boshlanishiga olib keldi. Muqannaning asl ismi Hoshim ibn Hakim edi. U doim yuzini niqob bilan berkitib yurgan. Qo’zg’olonchilar arablardan ajralib turish uchun oq kiyim kiyib olganlar. Shuning uchun ham qo’zg’olon tarixda “Oq kiyimlilar qo’zg’oloni” deb ham atalgan.
783-yilgacha davom etgan bu qo’zg’olon arab bosqinchilarini tahlikaga solib qo’ygan. Ular qo’zg’olonni bostirish uchun barcha choralarni ko’rdilar. Biroq kuchlar teng emas edi. Bu esa arablarga qo’zg’olonchilarni birin-ketin mag’lubiyatga uchratish imkonini bergan.
Nihoyat, arablar Qashqadaryo vohasiga bostirib kirdilar. Bu yerda qo’zg’olonchilarning asosiy tayanchi bo’lgan Som qal’asini qamal qilganlar va uni egallaganlar. Shu tariqa Muqanna qo’zg’oloni mag’lubiyatga uchragan. Chorasiz qolgan Muqanna o’zini yonib turgan tandirdagi olovga otib qahramonlarcha halok bo’lgan.