Takrorlash. O'quvchilarga quyidagi «Blits savollar» beriladi:
1) Kinematika nimani o'rganadi va uning asosiy tushunchalari nlmalardan iborar?
2) Dinamika nimani o'rganadi?
3) Nyutonning birinchi qonunini ta'riflab bering.
4) Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi qanday ifodalanadi?
5) Butun olam tortishish qonunini tushuntirib bering. (>) Harakatning qanday turlarini bilasiz?
7) Sxemada ko'rsatilgan kattaliklarni bog'lovchi qanday formulalarni bilasiz?
Yangi mavzuni bayoni.
Har qanday jismning mexanik harakati
boshqa jismga nisbatan kuzatiladi. Masalan, avtomobil ko‘cha bo‘yidagi da raxt yoki binolarga nisbatan, daryo suvi qirg‘oqlarga nisbatan, samolyot Yerdagi bino, osmondagi bulutlarga nisbatan harakat qiladi. Jism harakati kuzatuvchining vaziyatiga qarab turlicha bo‘ladi Jisrnning harakati ma'lum qonun-qoidalarga bo'y- sunadi. Masalan, olimlar osmon jismlarining harakatini o'rganib, ular o'n yil, hatto, yuz yil va un- dan ortiq vaqtlarda fazoning qaysi joyida bo'lishini, Oy va Quyoshning qachon tutilishini aytib bera oladilar.
Avtomobil ko'cha bo'yida tinch turgan daraxt va uy- larga nisbatan, daryo suvi qirg'oql irga nisbatan. osmon- dagi samolyot yerga nisbatan harakat qiladi. Rularning barchasi mexanik harakatdir.
Odatda, jismning vaziyati yerga nisbatan o‘zgarmasa, u tinch turibdi, deymiz. Aslida, jismning tinch yoki harakat holati nisbiydir. Qayiqda o‘tirgan odam qayiqqa nisbatan tinch holatda bo‘lsa, daryo qirg‘og‘iga nisbatan harakatda bo‘ladi. Yerdagi barcha narsalar go‘yoki tinch turganga o‘xshaydi. Lekin ular Yer bilan birga Quyosh atrof da aylanadi, ya’ni harakatda bo‘ladi.
Ma’lum tezlikda ketayotgan poyezd ichida yurib ketayotgan odam vagonga nisbatan kichik tezlikda harakatlansa, tashqaridagi temiryo‘l relsiga nisbatan katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘ladi. Bu odam tezligi turli jismlarga nisbatan turlicha bo‘ladi. Boshqa jismlar bo‘lmasa, yakka bir jism tezligi haqida biron bir f kr yuritish mumkin emas.