Takrorlash. O'quvchilarga quyidagi «Blits savollar» beriladi:
1) Fizika nimani o’rganadi?
2) Fizik harakatlarni sanab bering?
3) Fizikani elektr bo’limida qanday jarayonlar o’rganiladi?
4) Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi qanday ifodalanadi?
5) Moddalar nimalardan tashkil topgan?
Yangi mavzuni bayoni.
Mexanik harakat
Siz tevarak-atrofdagi jismlarning harakatini kuzatgansiz. To p, poyezd, mototsiklning harakati, turna, samolyot, raketaning uchishi, delfinning suzishi, Oynmg Yer atrofida, Yerning Quyosh atrofida harakati kabilar jismlarning harakatiga misol bo'ladi.
Jisrnning harakati ma'lum qonun-qoidalarga bo'y- sunadi. Masalan, olimlar osmon jismlarining harakatini o'rganib, ular o'n yil, hatto, yuz yil va un- dan ortiq vaqtlarda fazoning qaysi joyida bo'lishini, Oy va Quyoshning qachon tutilishini aytib bera oladilar.
Avtomobil ko'cha bo'yida tinch turgan daraxt va uy- larga nisbatan, daryo suvi qirg'oql irga nisbatan. osmon- dagi samolyot yerga nisbatan harakat qiladi. Rularning barchasi mexanik harakatdir.
Jism fazodagi vaziyatining boshqa jism 1l ga nisbatan o'zgarishi mexanik harakat deb ataladi.Harakatning nisbiyllgi Odatda, jismning vaziyati yerga nisbatan o'zgarmasa, u tinch turibdi deymiz. Stol ust'dagi kitob, xonadagi stol-tullar, uylar, yo'l chetida turgan mashina go'yoki bir joyda tinch turibdi. Aslida ular Yer bilan birgalikda Quyosh atrofida aylanadi. ya'ni harakatda bo'ladi.
10 m/s tezlik bilan ketayotgan platforma ustidagi odam platforma yo'nalishida 1 m/s tezlik bilan yurayotgan bo'lsin (5-rasm). Bunda odam platformaga nisbatan 1 m/s tezlik bilan, yerga nisbatan esa 11 m/s tezlik bilan harakatlanadi. Demak, jism harakatini o'rganganda uning harakati nimaga nisbatan qaralayotgani mu- himdir. Barcha jismlarning harakati nisbiydir, ularning tinch turishi ham nisbivdir.Odatda tevarak-atrofimizdagi jismlarning harakati yoki t nchligi Yerga n\->batan olinadi. Bun- day hollarda Yer — sanoq jism. Yerning Quyosh atrofidagi harakati haqida gapirilsa, Quyosh sanoq jism bo'ladi. Jismlarning harakatini o'rganishda koordinatalar siste- masi va vaqtdan foydalaniladi.
Kuzatilayotgan jismning harakati yoki tinchligi qaysi jismga nisbatan o'rganila- yotgan bo'lsa, o'sha jism sanoq jism deb ataladi.
Yuqorida keltirilgan platforma bilan bog'liq misolda agar sanoq jism sifatida platforma olinsa, odamring tezligi 1 m/s, sanoq jism qilib Yer olinganda esa uning tezligi 11 m/s bo'ladi.
5-rasm. Platforma ustidagi odamning harakati nisbiydir.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mexanik harakat deb qanday harakatga aytiladi? Unga misollar keltiring.
Nima sababdan jismlarning harakati va tinchligi nisbiy deyiladi?