O’qituvchi o’tgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkazishdan avval o’quvchilarni guruhlarga ajiratib oldi va guruhlar o’zlariga nom topadilar va qo’ygan nomlarini qisqacha izohlab beradilar.
1-guruh “Qaldirg’och”
2-guruh “Binafsha”
3-guruh “Sumalak”
-O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, mana, qish fasli ham biz bilan xayrlashib, o’zining o’rnini bahor fasliga almashdi. Sizlar ham bahorni sog’inganingizni guruhingizga atab qo’yilgan “Binafsha”, “Sumalak” va “Qaldirg’och” deb nomlaganingizdan bilib oldim.
-O’quvchi: Darrhaqiqat, ustoz, biz ham bahor faslini juda ham sog’indik.
-O’quvchi: Ayniqsa, daraxtlarni gurkirab gullashini, qiru-adirlarda o’sadigan binafcha, boychechak, chuchmoma, lola qizg’aldoqlarni, bog’lardagi sayroqi qushlarning, o’simliklardan tayyorlanadigan mazzali tapomlarni juda ham sog’indik.
-O’quvchi: Ustoz bahor faslida turli sayllar, o’yinlar va musobaqalar o’tkaziladi. Bizning sinfdagi o’g’il bolalar birgalikda “xo’roz jangi” da, “varrak uchirish” musobaqalarida faolqatnashib kelamiz.
-O’qituvchi: Barakalla, aziz o’quvchilar bahor faslini nafaqat sizlar balki, tabiat ham juda-juda sog’ingan. Chunki, tabiat o’z qonunlariga ko’ra har uch oyda o’z o’rnilarini almashib turadilar. Bahor faslida tabiatda ob-havo keskin o’zgarilib, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, shamol esadi.Quyoshning issiq nuridan daraxtlar kurtak ochadi, gullaydi.Qiru-adirlar yam-yashil o’simliklarga burkanadi. Yurtimizda turli marosimlar, sayllar o’tkaziladi.
O’qituvchi tabiat xodisalarini tanishtirayotganda o’quvchilar birgalikda “yomg’i”, “shamol”, “quyosh”, “qaidirg’och” kabilarni harakatlar yordamida ko’rsatib beradilar.
-O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, sizlar bilan “Tezkor savollarga tezkor javoblar” o’yinini o’tkazamiz, bu o’yinimizni sharti shundan iboratki, sizlarga beriladigan savollarga tezkorlik bilan tog’ri javob qaytarishinglar shart bo’ladi. Tezkorlik bilan tog’ri javob qaytargan guruhlarga esa savatimizdagi vitaminga boy bo’lgan turli mevalar va sabzavotlar bilan taqdirlaymiz.Darsimiz yakunida qaysi guruh meva va sabzavotlarni ko’p to’plagan bo’lsa o’sha guruh g’olib deb topiladi. zukkoligingizni, xotirangizni hamda fanlar kesimida olgan bilimlaringizni mana shu tariqa aniqlaymiz.
O’qituvchi guruhlarga quydagi savollar bilan murojat qiladi. Guruhlar berilgan savollarga tezkorlik bilan javob to’g’ri javob beradilar.
-O’quvchi: O’zbekiston poytaxti qayerda joylashgan?
-O’qituvchi: Vatan haqida ifodali she’r aytib bering?
Ekranda O’zbekiston poytaxti Toshkent shari namoyish etiladi.
O’zbekistonning birinchi Prezidenti kim va uning necha yillik tavalludini nishonlash arafasidamiz?
Hozirgi kunda O’zbekiston Prezidenti kim?
2 018- yilni qanday nom bilan ataldi?........
Ekranda savollarda oid rasmlar namoyish etib boriladi.
Guruhlar o’qituvchining bergan savollariga birma bir javob beradilar va o’tgan mavzuni musrahkamlab yakunlaydilar.Dars jarayonida guruhlarni rag’barlantirib boriladi.