Yangi mavzu bayoni:
Darslikdagi topshirida berilgan so'z birikmalaridan "Serharakat" guruhi qanday? , "Talabchan" guruhi qanaqa?, "Yengilmas" guruhi qaysi? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zni topadi.Javoblar quyidagicha bo'lishi mumkin:
SERHARAKAT
|
Chiroyli (sifat) ko'ylak (ot)
Baland (sifat) bino (ot)
|
TALABCHAN
|
Devoriy (sifat) gazeta (ot)
Qiziq (sifat) gap (ot)
|
YENGILMAS
|
Kuzgi (sifat) ekin (ot)
Yozgi (sifat) ta'til (ot)
|
Qo'shimcha topshiriq sifatida " Kim topqir" o'yini o'tkaziladi. Bunda o'qituvchi rang-tus, maza-tamga doir she'riy savollar beradi. Tez VA to'g'ri javob topgan guruh o'quvchilari rag'batlantiriladi.
Onangiz yopgan nonning .
Ta'mi qanday? O'ylangiz.
Non emas hatto so'zi
Shunday shirin bilsangiz.
(Mazali)
Subhidamdan ,erta bahordan,
Xushmanzara chamanzorlardan
Qanday hidlar keladi?
Buni hamma biladi.
(Xushbo'y)
Bu rang poklik timsol i
O'ylab javob beringiz,
Shu rangday bo'lsin doim
Bosgan hayot yo'lingiz
(Oq)
Yangi mavzu bo'yicha o'quvchilarning bilimlarini nazariy jihatdan mustahkamlash maqsadida darslikdagi "Bilib oling" ruknida berigan qoida slayd orqali namoyish etiladi. O'qituvchi qoidalarni izohlab, olingan bilimlarni umumlashtirib boradi.
337- mashq og'zaki bajariladi. Bunda har bir guruhdan bittadan o'quvchi mashqdagi belgini bildiragan so'zlarni aniqlashi kerak bo'ladi. Mashqni text va to'g'ri bajargan guruhga rag'bat kartochkasi beriladi.
Dostları ilə paylaş: |