Mustahkamlash: Bu bosqichda guruhlar bilan sifat so'z turkumiga doir "Belgilarni izohlash" o'yini tashkil qilinadi. Bunda guruhlarga slayd orqali qovunning rasmi ko'rsatilib, har bir guruhga alohida topshiriq beriladi. "Serharakat" guruhi qovunning rangini , "Talabchan" guruhi shaklini , "Yengilmas" guruhi esa maza-ta'mini bildiruvchi sifatlarni topib belgilangan vaqt ichida yozishlari kerak bo'ladi.
O'quvchilar o'z javoblarini quyidagi slayd orqali tekshirishadi :
Serharakat
|
Talabchan
|
Yengilmas
|
ko'k
|
katta
|
shirin
|
sariq
|
kichik
|
mazali
|
oq
|
uzunchoq
|
shirali
|
sarg'ish
|
dumaloq
|
to'yimli
|
G'olib guruh rag'batlantiriladi.
338-mashqni bajarishda o'quvchilar berilgan matndan qanday? so'rog'iga javob bo'ladigan sifatlarni topib yozishlari kerak bo'ladi. Bunda har guruhdan bittadan o'quvchi qatnashadi.
Shundan so'ng o'quvchilarga "Zumrad va Qimmat" ertagidagi Zumrad va Qimmatning xislatlaridagi sifatlarni topish vazifasi beriladi.
Monitor orqali ertakdan rasmlar ko'rsatilib turiladi.
Namuna:
Zumrad Qimmat
yaxshi yomon
muloyim qo'pol
mehnatsevar dangasa
ko'ngilchan toshbag'ir
Baholash va rag'batlantirish:
Har bir guruhning to'plagan rag'bat kartochkalari hisoblanib, g'olib guruh aniqlanadi va faol o'quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa: 339-mashq.Tong tasvirini daftaringizga tushiring, quyidagi rasmdan foydalaning
Dostları ilə paylaş: |