Dars jihozi: mavzuga mos bukletlar, tarqatma materiallar, rasmlar, testlar, Vatan timsollari haqidagi slaydlar, DVD-disk.
D arsning borishi: I. Tashkiliy qism. (Dars o‘quvchilarning she’riy salomi bilan boshlanadi). O‘quvchilar: Assalomu alaykum, aziz ustozim,
Hamisha biz sizga qilamiz ta'zim.
O‘qituvchi: Va alaykum assalom, bolajonlarim,
Ishonchim, quvonchim, aziz o‘quvchilarim.
(O‘quvchilar ijrosida davlatimiz madhiyasi kuylanadi). O‘quvchilar davomati, salomatligi, sana aniqlab olinadi. Yozgi ta'tilda kimning qayerda hordiq chiqargani, dam olish vaqtida o‘qigan kitoblari, chizgan rasmlari, tayyorlagan gerbarjylarning taqdimoti uyushtiriladi. Yana maktab bag'riga qaytgan o‘quvchilar yozda yod olgan she'rlari, qo‘shiqlarni aytish uchun davra tashkil qilinadi.
II.Asosiy qism. O‘qituvchi: — Bolajonlarim, bugungi darsimizni sermazmun o‘tkazish uchun qanday tilaklar bildirasiz?
(3—4 nafar o‘quvchi tilaklar bildiradi). — Aziz sinfdoshlarim, men barchangizga quvnoq kayfiyat tilayman!
— Men esa barchangizni hushyor, intizomli bo‘lishga va o‘zgalar fikrini diqqat bilan tinglashga chaqiraman.
O‘qituvchi: — 2022- yil Yurtboshimiz tomonidan qanday yil deb e’lon qilingan?
O‘quvchi: — “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”
O‘qituvchi: — Barakalla. Hozir kimning ko‘proq sinchkov, kuzatuvchan ekanini sinovdan o‘tkazamiz. Ya’ni so’ngi yillarda atrofda, mahalla, ko‘chalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar, obodonchilik manzaralari haqida fikrlarimizni aytamiz.
O‘qituvchi: — Mening judayam aqlli, zukko bolalarim, yurtimizdagi yangilanishlarga befarq emasligingizni namoyish etdingiz. Rahmat, sizlarga. Vatan tushunchasini chiroyli ta’rifladingiz. («O'zbekiston — Vatanim» qo‘shig'i ijro etiladi).
III. Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchi: — Keling, endi bugungi mustaqillik darsimiz mavzusini sizlarning topqirliklaringiz yordamida aniqlaymiz. (26ta test kartochkasi tarqatiladi, javoblardan yangi mavzu kelib chiqadi). 12 34567 8910111213 1415161718 1920212223242526 Bu yo‘rug‘ olamda Vatan bittadir. O‘qituvchi: — Endi bolalar, 5—6 nafardan iborat kichik guruhlarga bo‘linasiz va 6 tadan rasmi bor konvertlardan birini tanlab olasizlar. (Konvertda mahalla, oila, buvi-yu bobojonlar, osmono‘par binolar, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar, «Afrosiyob» tezyurar poyezdi, sportchi bolalar, yangi qurilayotgan uylar kabi rasmlar bo‘lishi mumkin). O‘quvchilar o‘zaro hamkorlikda ishlab, rasm asosida matn yaratishadi. Guruhlar navbatma-navbat umumlashtirilgan matnlarini o‘qib, taqdimot uyushtirishadi. Ular ijod namunalarini o‘qib eshittiradilar. O‘quvchilar ishlarini himoya qilgach, guruhlar olqishlanadi. Shuningdek, o‘qituvchi sinf jamoasining tuzgan gaplarini umumlashtirib, «Jannatmakon yurtim O‘zbekistonim», deya ijodiy ishga sarlavha qo‘yadi.