Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida xаlq cholg’u asboblari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi:guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi:Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Har qanday badiiy ijrochilik jamoasi o‘rnatilgan qonun-qoidalarga asoslangan holda tuziladi. Xor jamoalari ham qoidalarga muvofiq bir necha turga bo‘linadi. Faqat erkaklardan tuzilgan xor — erkaklar xori, faqat xotin-qizlardan tuzilgan xor — xotin-qizlar xori deb ataladi. Erkaklar va xotin-qizlardan tuzilgan xorga aralash xor deyiladi. Faqat bolalardan tuzilgan xor esa bolalar xori deb nomlanadi. Bolalar xori aralash xorda ham ishtirok etishi mumkin.
Xor jamoalari xor asarini orkestr yoki cholg‘ular jo‘rligida ijro qiladilar. Cholg‘ular jo‘rligisiz, faqat o‘z ovozlarida kuylovchi xor jamoasi kapella deyiladi. Kapella ijrosi uchun yozilgan xor asari a’kapella deb ataladi.
Xor qatnashchilarining soni 20—30 tadan boshlab, ayrim hollarda 1000 va undan ortiq kishi bo‘lishi ham mumkin. Kamer xor, Katta xor, Yig‘ma xor deb asosan xor qatnashchilarining soniga qarab aytiladi.