Darsning texnologik xaritasi


Mavzu: XOR UCHUN PROFESSIONAL JANRLARDA IJOD QILISH



Yüklə 472,73 Kb.
səhifə14/69
tarix20.06.2023
ölçüsü472,73 Kb.
#133227
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
Mavzu orkestr turlari haqida. O ‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri

Mavzu: XOR UCHUN PROFESSIONAL JANRLARDA IJOD QILISH
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga xаlq cholg’u asboblari haqida ma’lumotlar berish va undan foydalanishni o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida xаlq cholg’u asboblari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

0‘zbekiston bastakorlari tomonidan xor uchun yaratilgan asarlarning janrlari xilma-xildir. Bular — qo‘shiq, syuita, qasida, vokal-simfonik poema, kantata, oratoriya, simfoniya kabilar bo‘lib, ushbu janrlarda ko‘plab asarlar yaratilganligi talaygina ilmiy maqolalarda, kitob va darsliklarda e’tirof etilgan.
Bastakorlardan M. Burhonovning «Davlat madhiyasi», «Zarra gul», «Go‘zal qizga» qo‘shiqlari, «Alisher Navoiyga qasida»si, M. Nasi- movning «Dilbarim» vokal-simfonik syuitasi, S. Yudakovning «Mirzacho‘l» syuitasi, «Mening vatanim» kantatasi, S. Boboyevning «Xoral»i, «Aziz ustozlar» qo‘shig‘i, B. Umidjonovning «Qorasoch», «Alla», «Oq kaptar» qo‘shiqlari, M. Bafoyevning «Buxoro haqida» oratoriyasi, «Xor uchun» simfoniyasi, Sh. Yormatovning «Maysa», «0‘zbekiston tong yurtim», «Sog‘lom avlod qo‘shig‘i», «Nurli avlod» kabi qo‘shiqlari, G‘. Qodirovning «Ona qo‘llari», «Maktabjon — oftobjon» kantatasi, N. Norxo‘jayevning «Chamandagi gullarmiz», «Zavqing soch, qaldirg‘och», «Gul terdi gullar», «Yaxshi bola» kabi qo‘shiqlari, A. Mansurovning «Hur Respublikam», «Oq kaptarning parvozi», «Ming assalom, ustozlar!», «Bolarilar» qo‘shiqlari, «Bolalar xori va orkestr uchun» 1-simfoniyasi, R. Abdullayevning «Parvozdagi qushchalar» qo‘shig‘i, D. Omonullayevaning «Etikcham», «Diloromning qo‘shig‘i» kabilar xor uchun professional janrlarda ijod qilishning yorqin namunalari bo‘lib musiqa tarixida qoladi.

Yüklə 472,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin