Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida xаlq cholg’u asboblari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
0‘zbek xalq cholg‘ulari orkestriiiing torli-kamonli cholg‘ular guruhiga I, II G‘ijjaklar, G‘ijjak — altlar, Qobuz — baslar, Qobuz — kontrabaslar kirgan va ular 5 ta nota chizig‘ini egallab, partituraning eng pastki qismidan joy olishgan. Sanab o‘tilgan cholg‘ular asarning asosiy kuy — ohangini ijro etish bilan birga yo‘ldosh ohanglar va usul — garmoniya ko‘rinishlarida jo‘r bo‘lishlari ham mumkin.
TOVUSHQATORLAR VA OKTAVALAR
Tovushqatorlar — yuqoriga yoki pastga cholg‘ularda chalinib, inson ovozi bilan kuylanadigan musiqiy tovushlarning pog‘onali tizilmasidir.
Tovushqatorlar mavjud hamma tovushlardan ham tuzilishi mumkin.
Oktavalar 8 tadan musiqiy tovushlar pog‘onasi boMinmalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, 16-betda ko‘rsatilganidek nomlanadi va nota qatorida ko‘rinadi. (Lotin harflari va raqamlar bilan qanday belgila- nishiga ham e’tibor bering.)