Mavzu: XOR SAN’ATI. XOR IJROSI UCHUN XALQ QO‘SHIQLARINI MOSLASHTIRISH Darsning maqsadi: Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga xаlq cholg’u asboblari haqida ma’lumotlar berish va undan foydalanishni o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O‘quvchilar tasavvurida xаlq cholg’u asboblari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi:guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi:Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Musiqa madaniyatida xor san’ati katta ahamiyatga ega. Musiqada «Хог» so‘zi nimani anglatishini bilib olish zarur. Xor so‘zini ikki xil ma’noda anglash mumkin. Birinchisi — kuylovchi jamoa bo‘lsa, ikkinchisi — xor jamoasining ijro qilishiga moMjallab yozilgan musiqa asari. Cholg‘ular ijrosida ko‘p ovozli musiqani tinglaganimizdek, xor vositasida ham ikki, uch va undan ortiq ovozli asarlarni kuylashga va tinglashga o‘rganganmiz.
Xorda 4 xil ovoz bor: xotin-qizlarga yoki bolalarga xos bo‘lgan — soprano va alt ovozlar, erkaklarga xos bo‘lgan — tenor vabas ovozlardir. Sanab o‘tilgan ovozlardagi har bir kuylovchi o‘z vazifasini tushungan holda to‘g‘ri ijro etgandagina xorning mukammal, yoqimli va badiiy obrazli eshitilishiga imkon yaratiladi.
Professional bastakorlar xor uchun original asarlar yaratish bilan birga xalq qo‘shiqlarini ham ko‘p ovozli qilib xor ijrosiga moslashtirishgan. XX asrning 50-yillaridayoq Mutal Burhonovning jo‘rsiz xorlari namuna darajasida e’tibor qozongan. Bu o‘rinda uning «Yorlarim», «Endi sendek», «Bibigul», «Sari ko‘hi baland» kabi asarlarini sanab o‘tish lozim.
Keyinchalik M. Burhonovga yelkadosh bo‘lib ko‘plab bastakorlar xalq qo‘shiqlarini xor ijrosiga moslashtirdi. Bularga Sobir Boboyevning «Chaman ichra», Ikrom Akbarovning «Qoyilman», Botir Umidjonovning «Qilpillama», Shermat Yormatovning «Boychechak», «Chittigul», «Gullola», Mustafo Bafoyevning «Bahoriya», «Mavrigi» kabi asarlarini misol keltirish mumkin.