Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
В a 1 e t — musiqa va raqs harakatlari orqali obrazlar, voqealar yaratish san’atidir. Balet asarini dramatik mavzu, raqs, imo-ishora, nafis harakatlar, musiqa, sahna bezaklari va kiyim-kechaklar tashkil qiladi. Butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgan — «Oqqush ko‘li», «Yong‘oqchaqar» («Шелкунчик») va «Uyqudagi go‘zal» baletlarini asrda yashagan rus bastakori Pyotr Ilich Chaykovskiy yaratgan. Bu baletlarni bizning xalqimiz ham yaxshi biladi, sevib tomosha qiladi. XX asrda yaratilgan «Gayane», «Spartak» (Aram Xachaturyan), «Boqchasaroy fontani» (B. Asafyev), «Romeo va Juletta» (S. Prokofyev) baletlarini ham ko‘pchilik biladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash. Balet san’atini ta’rfflab bering.
Pyotr Chaykovskiy yaratgan va yana boshqa hamma yaxshi biladigan baletlarning nomlarini bilasizmi?
«Oqqush ko‘li»ni tinglaganingizda sizga yoqqan ohangni xirgoyi qilib bering.Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish