Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida xаlq cholg’u asboblari haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: Nota doskasi, sol kaliti, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Sahnaviy musiqa asarlariga — Opera, Balet, Musiqali drama va komediya, Operetta, Bolalar uchun yaratilgan musiqali ertaklar, musiqiy tomoshalar kiradi. Vatanimizning har bir farzandi yuqorida nomlari sanab o‘tilgan janrlarda yozilgan sara asarlarni bilishi, tinglab, tomosha qilib, ularni bir-biridan ajrata olishi zarur. Bunday janrlarda yaratilgan asarlarni sahnalashtirish uchun butun dunyoda bo‘lgani kabi bizning Respublikamizda ham maxsus teatr-tomoshagohlar mavjud. Masalan, A. Navoiy nomidagi Katta Akademik opera va balet teatri, Muqimiy nomli Respublika davlat musiqali teatri, Viloyat va shaharlarimizdagi Davlat teatrlari, 0‘zbek va rus yosh tomoshabinlar teatrlari, Respublika va viloyat qo‘g‘irchoq teatrlari.
R i t m — bu ma’lum bir kuy musiqiy tovushlarining uzun-qisqa bo‘lib almashinib turishidir. Har qanday kuy yoki qo‘shiq ohangining o‘z ritmi bor. Masalan, hammamiz yaxshi biladigan «Chamanda gul» xalq qo‘shig‘ining ritmi quyidagicha: 0‘zbek kuy va raqslarining, ayniqsa, doyramizning usullari rang- barang va murakkabdir.